Chop etdi: ADMIN | Ko'rildi: 490 marta
Tegishli bo'limi: Boshqa e'lonlar
Mamlakatimizda 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga
bag‘ishlab 2023-yil 6-11-fevral kunlari ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda
xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar
haftaligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek iqtidorli talaba qizlarni "Individual taʼlim" muhitiga va ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqtirish maqsadida
Oliy ta’lim muassasalarining talaba qizlari o‘rtasida quyidagi ko‘rik-tanlovlarni eʼlon qilamiz:
1) “Eng faol ixtirochi talaba qiz”.
2) “Eng yaxshi maqola muallifi”.
3) “Eng yaxshi innovatsion g‘oya (loyiha) muallifi”.
4) “Eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi”.
Yuqoridagi nominatsiyalar boʻyicha hujjatlaringizni yigʻma jild shaklida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga topshirishingizni soʻraymiz!
❗️Muddat: 08.02.2023
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi
?@Iqtidorlilarmiz