Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 449 marta
Tegishli bo'limi: Uchrashuvlar
Tabiiy fanlar fakulteti birinchi kurs talabalari O'zbekiston ekologiya partiyasi Markaziy ijroya qo'mitasi Kengashi binosiga tashrif buyurishdi.Talabalarimizni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Xamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Moxira Xodjayevalar kutib oldi.
Tadbirda bugungi kunda yurtimiz aholisi va yoshlarining ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ayniqsa kundan kunga globallashib borayotgan suv taqchilligining oldini olish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash muhim masalalardan biri ekanligi qayd etildi.
Partiya liderlari va talabalar ishtirokida "Suv izlari bo'ylab" mavzusida intillektual o'yin o‘tkazildi. Talabalarimiz o'zlarining hozirjavobliligi, bilimdonligi va o'z mustaqil fikrga egaligi bilan partiya faollarida katta taassurot qoldirishdi.
Kuzatish jarayonida yosh biologlarimiz esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.