1997 yili Jizzax davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi. 2005-2006 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori sifatida faoliyat olib bordi. 2006-2015 yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori boʻlib ishladi. 2017 yildan hozirgi vaqtgacha Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori. 2012 yili unga “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” unvoni berildi.
G.I.Muxamedov tomonidan 4 monografiya, respublika va xorijiy jurnallarda 250 dan ortiq ilmiy maqolalar eʼlon qilingan. Kimyo sohasidagi ixtirolari va kashfiyotlari uchun 10 mualliflik guvohnomasiga ega. G.I.Muxamedov ilmiy rahbarligida 4 nafar fan doktori va 7 nafar fan nomzodi tayyorlangan.
Bu funksiya hali to'liq ishga tushurilmagan!