Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 364 marta
Tegishli bo'limi: Uchrashuvlar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalarining darsdan so‘ng bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish hamda ajdodlar merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Maktab menejmenti kafedrasi boshchiligida O‘zbekiston musulmonlar idorasiga ziyorat uyushtirildi.
Ziyorat avvalida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ilmiy-ma’rifiy suhbat o‘tkazdi. Homidjon domla Ishmatbekov tomonidan talabalarga talabi ilm borasida qimmatli maslahat hamda ko‘rsatmalarini berdi.
Ziyorat davomida talabalar Hazrati Imom majmuasida bo‘lib, bu yerdagi tarixiy-ma’naviy obidalar bilan tanishdi.
Majmuadagi Qaffol ash-Shoshiy maqbarasi ziyorat qilindi, Baroqxon madrasasida faoliyat yuritib kelayotgan hunarmandlar faoliyati bilan tanishtirildi. Mo‘yi Muborakda saqlanayotgan “Usmon Mushafi” nomi bilan mashhur qo‘lyozma bilan tanishishdi. Talabalar tadbir doirasida tarixiy yodgorlik bilan tanishish bilan birga uning tarixiy ahamiyati, jahon tarixida tutgan o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.