Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 612 marta
Tegishli bo'limi: Seminarlar
Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha ilmiy kengashning kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu kengash O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 32 yilligini munosib kutib olish, yangi o‘quv yiliga barcha kurslar uchun kredit-modul haftaligi tadbirlarini tashkil etish, talabalar turar joylariga va xususiy ijara xonadonlariga talabalarni joylashtirish, 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quv reja, o‘quv dastur (sillabus)larni tasdiqlash bo‘yicha o‘tkazildi.
Avvalo, Kengash raisi, professor G‘ofurjon Muxamedov barchani yangi o‘quv yili va Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Yangi o‘quv yilida universitetning maqsad va vazifalari yuzasidan ma’lumot berdi.
O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi doirasida amalga oshirilgan hisoboti tinglandi. Kelgusidagi ishlar rejasi muhokama qilindi. Kengash raisi G‘ofurjon Muxamedov talabalarga “Har bir kun - bu imkoniyat, har bir kun - bu kelajak uchun poydevor” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini ochib berish, faxriylardan xabar olish kabi masalalarni ilgari surdi.
Barcha kurslar uchun kredit-modul haftaligi tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha Universitet Kengashi shuni taʼkidlaydiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (PF-5847/08.10.2019) hamda Vazirlar maxkamasining 2020-yil 31 dekabardagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidadoirasida” gi 824 qarori va Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 16-iyuldagi “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 311 sonli buyrug‘idan kelib chiqib universitetni yangi 2023/2024 o‘quv yiliga tayyorgarligini taʼminlash, shuningdek, bakalavriat va magistratura birinchi kurs talabalari uchun oliy taʼlim xususiyatlarini o‘rgatuvchi treninglarni tashkil etiladi.
Bakalavriat bosqichining birinchi kursiga qabul qilingan talabalar uchun treninglarni tashkil etishdan asosiy maqsad - talabalarda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda umumiy o‘quv ko‘nikmalar va mustaqil faoliyat malakalarini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Universitet Odob-ahloq kodeksining yangi tahriri tasdiqlandi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar bilan ishlash, monitoring va nazorat bo‘limi hisoboti tinglandi.
Kengash raisi, universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarni tabrikladi va kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.