Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 183 marta
Tegishli bo'limi: Dolzarb yangiliklar
Bugun, 27-fevral kuni Pendidikan universiteti (Indoneziya) olimlari bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasining Zoom platformasi orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda har ikki universitet olimlarining zamonaviy ta’lim rivojida xorijiy ilmiy-ta’limiy manbalaridan foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Indoneziyalik professor-o‘qituvchilar universitetimizda talaba shaxsini shakllantirish va mutaxassislik layoqatini rivojlantirishda qanday ta’lim modellariga e’tibor qaratilayotganligi bilan qiziqishdi. inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikrlar so‘raldi.
ChDPU da Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi faoliyat olib borilayotganligi, universitetimiz rektori G‘ofurjon Muhamedov tashabbusi bilan "Bolalar sayyorasi" hududi tashkil etilayotganligi xorijlik olimlarning e’tiborini tortdi.
Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga erta jalb etilayotganligining sabablari va natijalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Pendidikan universiteti rasmiylari CHDPUda xalqaro toifadagi pedagoglar tayyorlash jarayonida hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Rasmiylar ChDPU talabalari uchun xalqaro grant loyihalarida ishtirok etishlari va malaka oshirish va innovatsiyaga yo‘naltirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Pendidikan-Chirchiq elektron platformasini yo‘lga qo‘yishni kelishib oldilar.