Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 61 marta
Tegishli bo'limi: Konferentsiya
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov "Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Germaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari va tilshunoslarni qabul qildi.
Universitet rahbari nemis tilini o‘rganadigan umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan ushbu yuqori darajadagi xalqaro anjuman Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tishiga qanday asoslar borligini sanab o‘tdi.
Rektor universitetning Germaniya oliy ta’lim muasasalari bilan aloqalar xalqaro ta’lim strategiyasiga to‘la mos kelishini, Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamda Germaniya Akademik almashuv xizmati (DAAD) va Heidelberg pedagogika universiteti o‘rtasida tizimli munosabatlar mavjudligini, qator ijtimoiy loyihalar asosida Germaniya davlati stipendiantlari Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta’lim olayotganligini ta’kidladi.
Samimiy qabul va manfaatli muloqot uchun delegatsiya rahbari Hennig Lobin universitet rektori G‘ofurjon Muxamedovga minnatdorchilik bildirdi.
O‘z o‘rnida universitet rektori xalqaro konferensiya ishiga omad tiladi.