Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 123 marta
Tegishli bo'limi: Talabalar uchun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida "Xalqaro bolalar kitobi kuni" munosabati bilan Maxsus pedagogika kafedrasi dotsenti Ubayda Fayziyeva tomonidan yaratilgan adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot marosimida O‘zbekistonda defektologiya sohasining yetakchilaridan biri sanalgan Ubayda Fayziyevaning alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishdagi tashabbuslari, ezgu va insonparvar loyihalari haqida fikr yuritildi.
"Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatdiki, inklyuziv ta’limni joriy etish ta’lim sifatini yaxshilashning kalitidir. Nogironligi bo‘lgan bolalarning ehtiyojlariga javob beradigan adabiyotlardan foydalanish orqali barcha bolalar uchun yaxshiroq ta’lim natijalarini ta’minlaydi. Sifatli inklyuziv ta’limni Ubayda Yunusovna tomonidan yaratilgan adabiyotlarsiz tasavvur etish mushkul" - deydi universitet professori Feruza Qodirova.
Tadbirda yangi kitoblar xususida batafsil so‘z yuritildi. Tadbir yakunida yangi nashr etilgan kitoblar bo‘yicha talabalarning savollariga mualliflar tomonidan batafsil javob berildi.