Chop etdi: ADMIN | Ko'rildi: 75 marta
Tegishli bo'limi: Boshqa e'lonlar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagog xodimlar lavozimlarini shartnoma asosida egallash uchun
TANLOV E’LON QILADI.
- “Kafedra mudiri” lavozimiga: “Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti”, “Jismoniy madaniyat va sport”, “O‘zga tilli guruhlarda rus tili va adabiyoti ta’limi metodikasi” kafedralariga;
- “Professor” lavozimiga: “Genetika va evolyusion biologiya”, “Maktab menejmenti”, kafedralariga;
- “Dotsent” lavozimiga: “Geografiya”, “Maktabgacha ta’lim metodikasi”, “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi”, “O‘zbekiston tarixi” kafedralariga;
- “Katta o‘qituvchi” lavozimiga: “Lingvistika va ingliz tilini o‘qitish metodikasi”, “Ilmiy va metodologik kimyo”, “Jismoniy madaniyat nazariyasi”, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedralariga.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar: Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori nomiga ariza, yashash joyi ko‘rsatilgan pasport nusxasi, kadrlarni qayd qilish shaxsiy varaqasi, oliy ma’lumoti haqidagi diplom nusxasi. Qatnashuvchilarda ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek, ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalarini va ilmiy ishlar ro‘yxatini hamda malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalarini taqdim etishlari kerak.
Eslatma. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar e’lon chop etilgan kundan boshlab bir oy davomida Toshkent viloyati Chirchiq shahari A.Temur ko‘chasi 104 uy (Rektorat) 128-xonada qabul qilinadi.
Telefonlar: +99870-7-16-68-11, E-mail: i.rajabova@exat.uz