+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

❓ Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmasligini bilasizmi?

Asosiy ma'lumotlar:

? Ma’lumki, abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.


? Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:


✅ Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga (https://lex.uz/docs/-4334802) muvofiq:


? test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);

? nogironligi bo‘lgan shaxslar;

? to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).


✅ Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga (https://lex.uz/docs/-5971599) muvofiq:


? “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

? “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


❇️ To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi