+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Bugundan akademik litseylarga qabul boshlanadi (Qabul-2022)

Asosiy ma'lumotlar:

 Bugun, 20 iyundan e’tiboran 2022/2023 о‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi.


 Abituriyentlar rо‘yxatdan о‘tish jarayonida tizimga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:


➖joriy yilda 9-sinfni bitirganlik tо‘g‘risidagi shahodatnoma;

➖3,5x4,5 sm о‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

➖о‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi tо‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bо‘lsa).


Abituriyentlar rо‘yxatdan о‘tishda:


➡️ о‘zlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yо‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bо‘lishi kerak);

➡️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ham belgilaydi.


✔️ Shuningdek, abituriyent о‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.


*Qabul jarayonlari bilan bog‘liq qо‘shimcha ma’lumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari (https://drive.google.com/file/d/1vFzoJAadK4k6g6Lmc92Ze83np0q2Q-4z/view?usp=sharing) orqali olishingiz mumkin.


➡️ Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey uchun hujjatlar litsey.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.