Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 685 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
O’zbekiston respublikasi, Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 310-son qarori bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan.
Shuningdek, “Xalqaro IT-sertifikatlar uchun oʻqishi va (yoki) xalqaro ITsertifikatlar olish xarajatlarining qoplanishi lozim boʻlgan miqdorlarni belgilash
mezoni” hamda “Xalqaro IT-sertifikatlar roʻyxati” tasdiqlangan
Shu munosabat bilan, xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning oʻqishi
hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50
foizgacha boʻlgan qismi qoplab berilmoqda.
soʻraladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun: Ushbu loyiha boʻyicha ariza topshirish
https://my.gov.uz/ru/service/622 havolasi orqali amalga oshiriladi. Loyiha boʻyicha
batafsil maʼlumotni www.it-istedod.uz veb sayti hamda (71) 209-11-99 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.