Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 351 marta
Tegishli bo'limi: Rasmiy tashriflar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi: O’quv ishlari bo’yicha prorektor – I.Q.Xaydarov, Turizm fakulteti dekani – K.B.Sabirov va Nemis tili kafedrasi mudiri – Z.I.Sanakulov ikki OTM o’rtasida imzolangan shartnomaga ko’ra Germaniyaning Haydelberg pedagogika universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida hamkor OTM rektori Prof.Dr.in Karin Vach xonim hamda xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’I Prof.Henrike Schön xonim bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda professor-o’qituvchilarning o’zaro tajriba va amaliyotchi-talabalar almashinuv xizmatini yanada kengaytirish bo’yicha muzokaralar olib borildi.
Eslatib o’tamiz, Hozirgi kunga qadar 20 nafardan ortiq professor-o’qituvchi va talabalar Haydelberg pedagogika universitetidan Chirchiq davlat pedagogika universitetiga, shuningdek, Chirchiq davlat pedagogika universitetidan Haydelberg pedagogika universitetiga o’zaro tajriba almashish hamda amaliyot o’tash maqsadida tashrif buyurishgan