Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 447 marta
Tegishli bo'limi: Rasmiy tashriflar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi 8-9 noyabr kunlari Germaniyaning Mannhaym shahrida joylashgan Laybnits-Nemis tili ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida Laybnits-Nemis tili ilmiy-tadqiqot instituti direktori Prof.Dr. Henning Lobin, Leksika bo’limi rahbari Prof.Dr. Stefan Engelberg bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti o’rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi va nemis tili fani o’qitiladigan o’zbek OTMlari hamda Laybnits-Nemis tili ilmiy-tadqiqot instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hamkorlik shartnomasiga ko’ra, yosh tadqiqotchilar almashinuvi, qoʻshimcha malaka oshirish, ilmiy konferensiya va seminarlar tashkil etish hamda dars mashgʻulotlarini oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekistonda nemis tili variantlarini tadqiq etish rejalashtirildi.
Bundan tashqari, kelajakda Laybnits-Nemis tili ilmiy-tadqiqot institutida O’zbek tili markazi faoliyatini yo’lga qo’yish kelishib olindi. Bunda Laybnits-Nemis tili ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Prof.Dr. Stefan Engelberg va Oʻzbekiston universitetlari tomonidan Chirchiq davlat pedagogika universiteti Nemis tili kafedrasi mudiri PhD. Zayniddin Sanakulov koordinator etib belgilandi.