Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 320 marta
Tegishli bo'limi: Oliy ta'lim muassasi yangiliklari
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi va Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashi tomonidan yo'lga qo'yilgan UniCEN "AQSh-Markaziy Osiyo universitetlari hamkorlik dasturi" doirasida "Ilg‘or tadqiqot metodologiyasi" mavzusida nomli workshop tashkil etildi (https://t.me/unicen/217).
Mazkur o'quv seminari Markaziy Osiyo professor-o'qituvchilarining ilmiy mahoratini oshirish va akademik hamda mintaqaviy hamkorlikka ko'maklashishga qaratildi. Unda Markaziy Osiy davlatlarining 40 dan ortiq delegatlari global hamkorlik va ilmiy-tadqiqot metodologiyasi kabi bir qator mavzularni muhokama qildilar (https://t.me/unicen/219).
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti Qudratbek Maxmudov ham ushbu xalqaro tadbirda ishtirok etib, kelgusidagi istiqbol rejalarini belgilab oldi. Qudratbek Maxmudov o‘quv seminarining amaliy natijasi sifatida "Ingliz tilini o'qitishda o‘smirlarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish" nomli ishchi tadqiqot loyihasini tadqim etdi.
Tadbir yakunida ChDPU vakili Qudratbek Maxmudovga xalqaro sertifikatlar topshirildi.