Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 414 marta
Tegishli bo'limi: Oliy ta'lim muassasi yangiliklari
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tojikiston milliy universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Memorandumni imzolash to‘g‘risidagi kelishuvga Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro forum doirasida erishildi.
Xalqaro forumda ishtirok etgan ChDPU Fakultetlararo rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi Tahmina Mansurova Tojikiston milliy universiteti rektori Qobiljon Xushvaxtzoda qabulida bo‘ldi. Tojikiston milliy universiteti rektori ChDPU bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka bo‘lgan qiziqish mavjudligini ta’kidladi.
Hamkorlikda gumanitar bilimlarni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, seminarlar, simpoziumlar va boshqa ilmiy uchrashuvlarni tashkil etish, ijtimoiy fan o‘qituvchilarining o‘zaro manfaatli shartlarda loyihalarni amalga oshirish masalalari memorandum o‘zagi sifatida qaraldi.
CHDPU vakili Tahmina Mansurova xalqaro forum dasturidan o‘rin olgan xalqaro ilmiy konferentsiyada ma’ruza qildi va ma’ruzada Chirchiq davlat pedagogika universitetida ijtimoiy fanlarga bo‘lgan e’tibor ochib berildi.