Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 586 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
Kuni kecha Chirchiq davlat pedagogika universiteti va Rossiya davlat pedagogika universiteti talabalari oʼrtasida "Talabalarning individual rivojlanishi boʼyicha xalqaro tajribalar" mavzusida telekoʼprik tashkil etildi.
Oliy taʼlim muassasalarining pedagogika sohalaridagi muammo va kamchiliklarni tizimli oʼrganish, tahlil qilish hamda ularning yechimi yuzasidan innovatsion va texnologik koʼrgazmalar asosida fikrlashdilar.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakultetini xalqaro muloqot markaziga aylantirish va bu borada talabalarning tashabbuskorligini qoʼllab-quvvatlash maʼqullandi.
Telekoʼprik yakunida navbatdagi muloqot mavzusi belgilab olindi.