Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 175 marta
Tegishli bo'limi: Dolzarb yangiliklar

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan tadbir ham aynan ushbu jarayonga bag‘ishlandi.
Universitet jamoasi ishtirok etgan yig‘ilishda Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar mohiyati bo‘yicha atroflicha tushuncha berib o‘tildi.
Ochiq ruhda o‘tgan muloqot asnosida talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.