Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 1144 marta
Tegishli bo'limi: Uchrashuvlar
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasini o‘qituvchilari Chirchiq shahahrida joylashgan Aniq fanlarga ixtisoslashgan, 22- davlat umumta’lim maktab o’qituvchilari uchun “O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muammoli vaziyatlar, ularning yechimlari, rahbar va xodim, ustoz va shogird o’rtasida, shaxslararo munosabatlar” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.
Seminar treningda psixologiya kafedrasini o‘qituvchilari va maktab psixologlari maruzalar va psixologik treninglar bilan ishtirok etishdi.
O’qituvchilarda kasbiy stress va emotsional so’nish holatlari haqida fikrlar bildirilib, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muammoli vaziyatlar, ularning yechimlari, rahbar va xodim, ustoz va shogird o’rtasida, shaxslararo munosabatlar haqida ma’lumotlar berildi.