O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134 sonli farmoni hamda «Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-241-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida kengaytirilgan Kengash yig’ilish o’tkazildi.
Kengash yakunida Farmon va qarorda belgilangan vazifalar bilan fakultet professor-o‘qituvchi va talabalari yaqindan tanishtirish, bitiruvchi kurs talabalariga beriladigan uslubiy qo‘llanmaga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va ushbu farmon va qaror mazmuni bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Farmon va Qarorda ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqib, fakultet va kafedra Ish rejalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha topshiriqlar berildi.