Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 493 marta
Tegishli bo'limi: Oliy ta'lim muassasi yangiliklari
O'zbekiston Milliy universitetining 105 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan "Intercontinental Tashkent" mehmonxonasida "O‘zbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat va jamoat arboblari, fan-ta'lim fidoyilari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari, shuningdek, 50 nafarga yaqin xorijiy ta'lim muassasalari rektorlari va nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov konferensiyada ishtirok etdi va O'zMUning O‘zbekiston ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etib, universitet jamoasini samimiy tabrikladi.
Ma’lumot o‘rnida: Universitetimiz rahbari G‘ofurjon Muxamedov 2006-2015 yillarda O'zbekiston Milliy universiteti rektori vazifasida samarali faoliyat olib borgan.