Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 475 marta
Tegishli bo'limi: Rasmiy tashriflar

Chirchiq davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi 14-noyabr kuni Haydelberg pedagogika universiteti o’quv va xalqaro munosabatlar bo’yicha prorektori Prof. Dr. Karl-Heinz Dammer hamda xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Henrike Schön xonim bilan bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Germaniya va O’zbekiston ta’lim tizimiga kiritilgan “Kredit-Modul” tizimi borasida CHDPU prorektori I.Xaydarov va HPU prorektori K.Dammerlar tomonidan yoritib berildi va undagi o’xshash va farqli jihatlar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, hamkor universitetlar o’rtasida talabalar mobilligi imkoniyati, bu yerda yo’lga qo’yilayotgan inkluziv ta’lim xususiyatlari o’rganildi.
Shuningdek, CHDPU prorektori I.Xaydarov O’zbekiston ta’lim tizimiga kiritilayotgan tub o’zgarishlarning asl mohiyati, bunda to’g’ri olib borilayotgan davlat siyosatining ahamiyati, Yangi O’zbekistonni qurishda ta’lim tizimining o’rni borasida nutq qildi.
Tashrif so’nggida, o’zaro tajriba almashinish onlayn tarzda tashkil etiladigan uchrashuvlar orqali davom ettirilishi keilishib olindi.