Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 1284 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 2020 yil iyun oyida o‘tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur olimpiadada 300 nafardan ortiq institut talabalari ishtirok etishdi. Shular orasidan 9 nafar institut talabalari faxrli o‘rinlarni egallashdi. Ushbu ko‘rsatgich olimpiada natijalari bo‘yicha Chirchiq davlat pedagogika instituti respublika OTMlari orasida 14 o‘rinni egallaganligini ko‘rsatib turipti.
Viloyatda joylashgan OTMlari orasida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalari ko‘rsatgan natija eng yuqori ekanligi institutdagi ta’lim sifatiga qaratilgan e’tiborning, qolaversa, institut professor-o‘qituvchilarining mehnatlari mahsulidir.
Respublika onlayn fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalariga sertifikat va pul mukofotlari topshirildi.
Institut axborot xizmati.