Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 219 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Inson huquqlari eng oliy qadriyat: voqelik va istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganligining 31 yilligiga ham to‘g‘ri keldi.
O‘zFA Davlat va huquq instituti hamda “Barqaror rivojlanish markazi” NNT hamkorligida tashkil etilgan anjuman ishida O‘zFA Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d., katta ilmiy xodim M.T. Turg‘unov, yu.f.d., professor A.A. Tulyaganov, yu.f.d., prof. M.X. Baratov, “Barqaror rivojlanish markazi” NNT boshqaruvi kengashi raisi, f.f.d., katta ilmiy xodim M.Sh.Usmanov hamda уniversitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti prorektori Baxodir Xusanov davra suhbatini ochib berdi. Davra suhbati Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2023 yil 7 fevraldagi Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturiga asosan o‘tkazilayotgani alohida ta’kidlandi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida qayd etilganidek, “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak”.
Anjumanda BMTning “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyasi” mazmun-mohiyati, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi qiyosiy-huquqiy tahliliga urg‘u berildi.