Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 1049 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasini o‘zida mujassamlagan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bugun Chirchiq davlat pedagogika instituti faollar zalida ham tashkil etildi.
Targ‘ibot tadbirlarida Chirchiq shahridagi “Amir Temur” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ishtirok etdi. Mahalla aholisi uchun xalq hunarmandchiligi buyumlari, amaliy san’at ishlanmalari, yosh rassomlar ijodiiy ishlari ko‘rgazmasi, innovatsion ishlanmalar namoyish etildi.
Targ‘ibot loyihasining bosh maqsadi, xalqimiz aholisi orasida islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashash tuyg‘ularini mustahkamlashdan iboratdir. Tadbir davomida, “Yangilanayotgan O‘zbekiston” loyihasi doirasida tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi.
Institut axborot xizmati.