Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 354 marta
Tegishli bo'limi: Oliy ta'lim muassasi yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son Qaroriga muvofiq kadrlarini kasbiy tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash sohasida tajriba almashish maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rahbariyati uchrashdi.
Uchrashuv davomida statistik ta’minot sohasida kuchlarni birlashtirish, pedagogik kadrlar tayyorlashda tizimli tahlil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda ijtimoiy ma’lumotlar bilan qurollantirish borasida fikr almashildi.
Pedagogik ta’limning innovatsion klasteri sharoitida induvidual ta’lim yondashuv asosida ta’lim sifatini oshirish jarayoniga ko‘rsatkichlarni tadbiq etish bo‘yicha statistika boshqarmalarining mulohazalari tinglandi.
Uchrashuv yakunida universitet rektori G‘ofurjon Muhamedov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Baxodir Begalov o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan memorandum imzolandi.
Universitet rektori G‘ofurjon Muhamedovga Pedagogika fakulteti dekani Jabbor O‘sarov, Maktab menejmenti kafedrasi mudiri Akbar Rasulov, Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri Gulnora Ernazarova, Maktab menejmenti kafedrasi tadqiqotchilari va magistrantlari xamrohlik qildilar.