Batafsil: ?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Chirchiq davlat pedagogika instutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Agentlik Chirchiq davlat pedagogika instituti haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi hamda Intsitutning “Xorijiy tillar” va “Fakultetlararo chet tillar” kafedralari professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda Agentlik va instutut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarorida belgilangan ustivor vazifalar ijrosi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikrlar, takliflar almashildi.
Chirchiq davlat pedagogika instituti xorijiy tillarni ommalashtirish bo‘yicha Toshkent viloyatida tayanch OTM sifatida vazifalari ikki tomonlama muhokama qilindi. Shuningdek, Agentlik va Institut o‘rtasida xorijiy tillarni o‘rganish sohasini yanada rivojlantirish maqsadida zamon talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash, xorijiy tillarni ommalashtirish va ilmiy tadqiqotlar sohasiga qaratilgan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida hamkorlik Memorandumi imzolandi.