Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 298 marta
Tegishli bo'limi: Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Maktabgacha ta’lim fakulteti tashabbusi bilan “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” doirasida universitet talabalar, bog‘cha tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari va professor-o‘qituvchilar hamda ularning 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirokida "Har bir farzandga mehr-e’tibor!" mavzusida bolalar forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda mutaxassislar ishtirokida yoshlar tarbiyasi, ta’limi masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bolalarning yomon odatlarini bartaraf etishning echimlari yuzasidan psixologlar maslahati tinglandi. Forumda intellektual o‘yinchoqlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bolalar uchun ko‘ngilochar madaniy tadbirlar uyushtirildi. Universitet Kasaba uyushmasi tomonidan forumning jajji ishtirokchilariga bayram sovg‘alari ulashildi.