Chop etdi: OTM axborot xizmati | Ko'rildi: 257 marta
Tegishli bo'limi: Yig'ilishlar

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazida “Central Asia – 2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiya yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan ARM xodimlari o‘z mulohazalari bilan birga, ko‘tarilgan masala bo‘yicha bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
– Aynan kitob va mutolaa universitetning ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy rivojlanishining bosh mezon bo‘lishi tabiiy. Ayniqsa, global axborot jamiyati va tezkor ijtimoiy o‘zgarishlar davrida kitobxonlik doimgidanda muhimroqdir. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” doirasidagi loyihalar, bugungi kunda “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi” hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ijrosi doirasida davom ettirilmoqda, – dedi markaz mudiri Muxaddam Xamidova.
ARM hujjatlarni elektron tarzda tartibga solish, axborot-kutubxona resurslaridan masofadan turib foydalanishni ommalashtirish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga kelishib olindi.