Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 12164 marta
Tegishli bo'limi: Yangiliklar
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida o‘quv jarayoni, ta’lim sifatida, ilmiy va ma’naviy muhitni o‘rganish bo‘yicha “O‘qituvchi – talaba nigohida” mavzuida o‘tkaziladigan sotsiologik
SO‘ROVNOMA
Hurmatli talaba!
Institutda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash hamda professor-o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy va psixologik muhitni har tomonlama zamon talablariga moslashtirish maqsadida fikringizni o‘rganish muhim hisoblanadi.
Siz bergan javoblarning ob’ektiv va holis bo‘lishi institutdagi mavjud kamchiliklar va muammolarning yechimini tezroq hal etish hamda o‘quv jarayoni, ta’lim sifati, ilmiy salohiyat hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
So‘rovnomada ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
https://docs.google.com/forms/d/14u73maJ4lJtuQKpFLKg-6WlCvMzMRphawJI6QOaX31s/edit?usp=sharing
So‘rovnomada ishtirok etganingiz uchun avvaldan minnatdorchilik bildiramiz.