Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 1444 marta
Tegishli bo'limi: Uchrashuvlar
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida “Jaholatga qarshi maʼrifat” hamda “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusida olim, diniy ulamolar, huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Chirchiq shahar Amir oʻgʻli Hasanboy Jom'e masjidi imomi, Chirchiq shahar bosh otinoyisi – Lobarxon Majidova, Chirchiq shahar prokurori katta yordamchisi, Adliya maslahatchisi – Lobar Zamitova , Chirchiq shahar IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi, kapitan – Yorqinbek Maʼmurov , Chirchiq shahar Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi – Muyassarxon Toʻrayeva hamda institut mutasaddilarir va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan diniy dunyoqarashdagi boʻshliqni maʼrifatga asoslangan bilim bilan toʻldirish, dinga oqilona munosabat, Islom dinida ilmni ulugʻlanishi, taʼlim jarayonida Islom dinining mohiyatini toʻlaqonli tushuntirishga doir manbalarni oʻrganish hamda diniy ekstremizmning oldini olishga doir samarali usul va vositalarni joriy etish bilan bogʻliq savol va takliflar bildirildi.