О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Hujjatda О‘zbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishda fan va innovatsion texnologiyalar yutuqlaridan samarali foydalanmaslik natijasida loyihalash, restavratsiya-tiklash ishlari moddiy madaniy meros obyektlarining noyobligini saqlab qolishga salbiy ta’sir kо‘rsatayotgani qayd etilgan.
Qaror moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ilmiy о‘rganish, ulardan oqilona foydalanish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning о‘rni va ahamiyatini oshirish hamda moddiy madaniy meros sohasidagi davlat nazoratini tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilinmoqda va quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutadi:
О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi hamda uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari negizida О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etilmoqda.
Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- moddiy madaniy meros, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari, muzey ashyolari va kolleksiyalari hamda madaniy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
- moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritish, tarixiy, ilmiy, badiiy yoki о‘zgacha madaniy qimmatga ega bо‘lgan obyektlarni aniqlash, ularni hujjatlashtirish va davlat hisobiga olish, moddiy madaniy merosning kо‘chmas mulk obyektlari toifalari va qо‘riqlanadigan tegralarini belgilash, shuningdek, ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
- tarixiy-madaniy va loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasini, moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy qimmati va noyobligiga asrashga doir ishlarni putur yetkazmagan holda amalga oshirilishi bо‘yicha uzluksiz ilmiy-texnik nazoratni olib borish;
- alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy va jahon madaniy merosi obyektlari jumlasiga kiritilgan hududlarda shaharsozlik va boshqa xо‘jalik faoliyatlarini ularning tarixiy-madaniy muhiti, tabiiy landshafti va о‘ziga xosligini saqlab qolgan holda olib borilishini muvofiqlashtirish;
- arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya tadqiqotlarini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya qilinishi, arxeologiya ashyolarining о‘z vaqtida hisobga olinishi va davlatga topshirilishini nazorat qilish hamda ularni fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirish, shuningdek, arxeologiya tadqiqotlari bо‘yicha ilmiy hisobotlarni qabul qilish, ekspertizadan о‘tkazish va arxivini yig‘ish, arxeologiya yodgorligini konservatsiyalash hamda muzeylashtirish;
- milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va kolleksiyalarini muzey fondi tasarrufidan chiqarish yoki boshqa muzey fondiga о‘tkazish, madaniy boyliklarni realizatsiya qilish uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek, davlat tomonidan muhofaza rо‘yxatlari va reyestrlariga kiritilgan madaniy boyliklar, jumladan, muzey ashyolari va kolleksiyalari, qadimiy yozma manbalarning but saqlanishini va hisobi yuritilishini tekshirish, milliy arxiv fondi bundan mustasno;
- olimlar, xalq ustalari, restavratorlar, ekspertlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ta’mirshunoslikdagi о‘ziga xos uslub, an’ana va maktablarini rivojlantirishni, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni qо‘llab-quvvatlash;
- moddiy madaniy meros obyektlarini keng targ‘ib etish va ommalashtirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, innovatsion va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish;
- xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, moliyaviy institutlarning grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish.
О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idoralararo kengash hamda Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bо‘yicha Hukumat komissiyasi tugatiladi va ularning vazifa va funksiyalari Departamentga yuklanmoqda.
Departament yuridik shaxs hisoblanadi va davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Departament boshlig‘i lavozimiga kо‘ra О‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining о‘rinbosari hisoblanadi va О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh me’mor va bosh inspektor Departament boshlig‘ining о‘rinbosarlari hisoblanadi hamda О‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining taqdimnomasiga asosan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Departament moddiy madaniy meros, jumladan, arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida maxsus vakolatli muassasa hisoblanadi.
Uning о‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Departament davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga moddiy madaniy meros obyektlari sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish tо‘g‘risida kо‘rib chiqilishi majburiy bо‘lgan taqdimnoma kiritadi;
Moddiy madaniy meros obyektlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va aholi punktlarining bosh rejalari Departament bilan kelishilishi majburiy hisoblanadi.
4. 2019-2021 yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targ‘ib qilish va ulardan oqilona foydalanishni tubdan takomillashtirish bо‘yicha “Yо‘l xaritasi” (keyingi о‘rinlarda – “Yо‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Departament qoshida tarix, me’morchilik, moddiy madaniy meros sohasida ilmiy, amaliy tajribaga ega bо‘lgan 11 nafar olim va yuqori malakali mutaxassislardan iborat Ilmiy-ekspert kengash tuzilmoqda.
- Ilmiy-ekspert kengash tarkibi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va unga Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi;
- Ilmiy-ekspert kengash a’zolariga davlat sud ekspertlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlar tatbiq etiladi;
- moddiy madaniy merosning kо‘chmas mulk obyektlari va ularning qо‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xо‘jalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar о‘tkazishga oid loyihalar Departament tomonidan Ilmiy-ekspert kengash bilan kelishiladi va uning xulosasi Departament uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatda, Departamentning byudjetdan tashqari yuridik shaxs maqomiga ega bо‘lmagan Madaniy meros jamg‘armasini tashkil etish tо‘g‘risidagi taklif ham ma’qullangan.
О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi zimmasiga tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
- Departament faoliyatini tashkil etish bо‘yicha Hukumat qarori loyihasini tayyorlash;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan о‘zgartirish va qо‘shimchalar tо‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklangan.