+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Sirtqi bo'lim

Bo'lim boshlig'i: Tangirov Irgash Haqqulovich
Tangirov Irgash Haqqulovich

Tangirov Irgash Haqqulovich

Bo'lim vazifalari:

Sirtqi bo‘lim institut boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uning faoliyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim - tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyixalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtiruvchi tuzilma xisoblanadi. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, universitet rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda universitet Ustavi xamda ichki tartib va qoidalari asosida faoliyat olib boradi.

Sirtqi bo‘limda bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar uslubchi faoliyat olib boradi.

Sirtqi bo‘limning vazifalari:

-sirtqi ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

-talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;

-o‘qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o‘zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlash;

-talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;

-talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;

-mehnat muhofazasi, texnika va yongin xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni, bo‘lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;

-o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;

-oliy ta’lim muassasasi Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta’lim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;

-talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarni taqsimlash;

-sirtqi bo‘limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash va boshqalar.

Bo'lim maqsadi:

Qo'shimcha

Sirtqi bo'limga tegishli boshqa ma'lumotlar