+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Oʻquv-uslubiy boʻlim

Bo'lim boshlig'i: Bobohujaev Kudrat Umarovich
Bobohujaev Kudrat Umarovich

Bobohujaev Kudrat Umarovich

Bo'lim vazifalari:

Bolimning tashkil etilishi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3152-son qaroriga muvofiq Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tarkibida O’quv-uslubiy bo‘limi tashkil etilgan.



 


O’quv-uslubiy bo’limining asosiy vazifalari:

  • Institut o’quv jarayonini rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat olib borish;
  • Fakultetlar va kafedralarning o’quv-uslubiy ishlarini  muvofiqlashitish va uni boshqarishdagi me’yoriy hujjatlarini doimiy  takomillashtirish;
  • Institut fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv va  o’quv-uslubiy ishlarda erishgan ilg`or yutuqlarini umumlashtirish va  institut ta’lim jarayoniga tatbiq qilish;
  • Institut ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Kengashiga tavsiya qilish;
  • Akademik ma’lumotnomalar, talabalik guvohnomasi, reyting  daftarchasi va boshqa belgilangan o’quv hujjatlarning qo’yilgan talablar  asosida rasmiylashtirilishini nazoratga olish;
  • Institut fakultetlari va kafedralariga o’quv rejalari va o’quv dasturlarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko’rsatish;
  • Fakultet va kafedralarda shtatlar jadvalini tuzish uchun  harakatdagi me’yorlar asosida hujjatlarni tayyorlash, o’quv  yuklamalarini bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  • Soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini  rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini nazorat qilish  va muvofiqlashtirish;
  • Auditoriya fondi holati bo’yicha nazorat olib borish, auditoriyalar  va o’quv laboratoriyalar holatini yaxshilash bo’yicha universitet  rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • O’quv jarayoni va talabalar faoliyatiga oid barcha tashkiliy, o’quv-uslubiy ishlarni amalga oshirish.

 

 

Bo‘limning tashkil etilishi va uning faoliyati bilan bog‘liq hujjatlar:

1

O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi

2

Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

4

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom

5

Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida Nizom

6

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom

7

Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini


Bo'lim maqsadi:

O’quv-uslubiy bo’limi maqsadi:

O'quv-uslubiy bo'lim institutning o’quv va  o'quv-uslubiy jarayonini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tuzilma  bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa me'yoriy  hujjatlariga, institut Nizomiga  muvofiq o`z faoliyatini amalga  oshiradi.

  • Ta’lim jarayonini ilg`or ilm-fan yutuqlari asosida  takomillashtirish, institut tarkibiy tuzilmalari faoliyati va o`quv  jarayonini tartibga soluvchi Davlat ta’lim standartlari hamda  me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida o’z faoliyatini amalga  oshirish;
  • Institutda o’quv jarayonining uslubiy asoslarini shakllantirish va uni amalda tatbiq etilishini tashkil qilish;
  • Institut fakultet va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarni  muvofiqlashtirish hamda o’quv jarayonini boshqarishga oid me’yoriy  hujjatlarni doimiy takomillashtirib borish;
  • Institutning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda yangi ilmiy  pedagogik texnologiyalar va texnik vositalarni qo’llashni o’quv  jarayoniga tatbiq qilishni ta’minlash.

Qo'shimcha

Oʻquv-uslubiy boʻlimga tegishli boshqa ma'lumotlar