+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Marketing boʻlimi

Bo'lim boshlig'i: Raximov Sanjar Muxammadovich
Raximov Sanjar Muxammadovich

Raximov Sanjar Muxammadovich

Bo'lim vazifalari:

Bo‘limning tashkil etilishi:

Таълим тизимини демократик ва бозор ислоҳотларига мувофиқлигини таъминлаш, таълим хизматлари кўрсатиш бозорида рақобатни ривожлантириш, кадрлар тайёрлаш соҳасида маркетингни шакллантириш ва ривожлантириш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 28 январдаги “Таълим хизматлари кўрсатиш бозорини шакллантиришни ва кадрлар тайёрлаш соҳасида маркетингни жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 48-сон қарорига асосан институтда “Маркетинг хизмати” бўлими ташкил этилди.

Bo‘lim boshlig‘ining vazifalari

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limini boshqarish va doimiy nazorat qilish. Talim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzliksiz amalga oshirib, talim xizmatlariga qo‘yilgan, yani bakalavriat yo‘nalishlarini va magistrtura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasb maxoratini o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar talablariga muvofiqligini aniqlash.
Respublika va tegishli hududlarda (viloyatlarda) iqtisodiyot hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi talim yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarni ochish, shuningdek, talim xizmatlari bozori talablariga jovob bermaydigan yo‘nalish va mutaxassisliklarni to‘xtatish bo‘yicha takliflar tayyorlash va h.k.

Bo‘lim muhandis va nazoratchi vazifalari

Joriy yil bitiruvchilari xaqida (talim yo‘nalishlari mutaxassisliklar qismida davlat granti va to‘lov shartnoma asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakillari bo‘yicha familiyasi, ismi-shariflari ko‘rsatilgan holda) malumotlar bankini yaratish. Talabalar qabul ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar) ning mavjud talim (tayorlash) yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalari)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov kantrakt bo‘yicha joriy va istiqbolli “buyurtmalar portfelini” shakillantirish. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ularning joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlarni (diplomdan ko‘chirma, ishga yuborilganlik to‘g‘risida yo‘llanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish. Ishga taqsimlangan va joylashgan bitiruvchilardan ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanmalarning bo‘lagini to‘liq qabul qilib olish va ularning taqsimot yoki qayta taqsimot (mustaqil ishga joylashish), shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar kesimida ishga joylashuvi haqida to‘liq yakuniy malumotlar bankini yaratish. Yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati, malaka oshirish va xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilishi yuzasidan monitoring olib borish.


Bo’limi vazifalari: 

Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni ochish, shuningdek, ta’lim bozori talablariga javob bermaydigan yo’nalish yoki mutaxassisliklarni to’xtatish bo’yicha tayyorlangan takliflarni tahlil qilish va vazirlikning tegishli bo’limlariga taqdim etish.

Mehnat bozori konyukturasini o’rganish. Talabalar qabuli ko’rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim yo’nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo’lgan talablari (buyurtmalar)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to’lov-shartnoma bo’yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.

Yangi o’quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va to’lov-shartnoma bo’yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, tanlov, qabul qilingan talabalar soni va bosqichlari, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha (mutaxassisliklar) taqsimlanishi, o’qitish tillari vа h.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish.

Bakalavriat yo’nalishlari, magistratura mutaxassisliklari bo’yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish vа bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida institutning tegishli bo’linmalari (turli-ilmiy uslubiy kengashlar, ilmiy, o’quv-uslubiy bo’linmalar, fakultetlar, kafedralar h.k.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Mutaxassislar tayyorlash bo’yicha korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shaxslar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish.

Institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo’yicha komissiya tarkibini tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “2005-2006 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul tog’risida”gi PQ-92-sonli qarorida barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini kamida 3 yil ishlab berish shartligi aytib o`tilgan. Mazkur qaror asosida bitiruvchilarni ta’lim muassasalarigа, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash borasidagi vazifalarni o’z vaqtida bajarish va nazorat qilish. Taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo’lgan real ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki, aniqlangan) ishlab chiqish vа yakuniy taqsimotni o’tkazib, uning natijalari bo’yicha bitiruvchilarning shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.

Xalqaro marketing bo’yicha ishlarni olib borish, hamkorlik o`rnatish bo`yicha xalqaro OTMlar bilan shartnomalar tuzishni yo`lga qo`yish. Xorij mamlakatlari bilan hamkorlik qiladigan korxona va tashkilotlarda amaliyot va ko`chma mashg`ulotlar o`tkazish bo`yicha aloqalar o`rnatish.

To’lov-shartnoma asosida o’qiyotgan talabalar soni bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash (ishchi reja аsosidа, kadrlar bo’limi bilan birgalikda).

Institutda tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasа va tashkilotlarning ehtiyojini fakultetlar, kafedralar va ma’muriyat bilan o’rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish.

bitiruvchilarning ishga joylashtirish to’g’risidagi respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir xujjatlarni o’z vaqtida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish (rahbaryat bilan kelishgan holda).

Ishga yo’llangan talabalarning mehnat sharoitlari va shartnoma talablarini bajarilishi yuzasidan arizalarni prorektorlar yordamida ko’rib chiqish va yechim qabul qilish.

Bitiruvchi talabalarga bo’lg’usi ish o’rni to’g’risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarini o’tkazishni tashkil etish (rahbaryat yordamida).

O’tgan o’quv yili bitiruvchilarini ishga joylashganligi to’g’risida ma’lumotlar tayyorlash.

 


Bo'lim maqsadi:

Bo‘limi maqsadi:
- ta’lim xizmatlari bozorida institut faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish;
- ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olish;
- Toshkent viloyati maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilarga, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga, ayniqsa, aniq fanlar va chet tillari bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, tuman va qishloq joylaridagi ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos ravishda oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Respublika xalq ta’limi va maktabgacha ta’limi vazirliklari, viloyat boshqarmalarining pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olib keyingi o‘quv yillari mobaynida bakalavr va magistratura ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining ehtiyoji va takliflarni o‘rganib chiqish va ma’lumotlar shakllantirish;
- Iqtisodiyot vazirligining xatiga muvofiq tashkilotlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida 2018/2022 o‘quv yillari mobaynida bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Iqtisodiyot vazirligiga ehtiyoj xatlarini taqdim qilishdan iborat.

To‘lovning maqsadi.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarni shartnoma shartida belgilangan majburiyatlarni to‘liq ta’minlash, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 26 fevralda 2431-son bilan ro‘yxatga olingan “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan shartlarga mos holda to‘lovni amalga oshirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
Institut tomonidan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlari, jumladan, kelib tushgan to‘lov-kontrakt mablag‘lari talabalarning o‘qish xarajatlari, jumladan, ularning stipendiya summalari va proffesor-o‘qituvchilar oylik maoshlari, institut moddiy-texnik bazasini tutib turish harajatlari, kommunal xizmatlar, elektroenergiya va boshqa to‘lov haqlari uchun sarflanayotganligi borasida keng qamrovli tushuntirish ishlari amalga oshrib kelinmoqda.

Qo'shimcha

Marketing boʻlimiga tegishli boshqa ma'lumotlar