+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

TASVIRIY SAN’AT KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Sultanov Hayitboy Eraliyevich
Sultanov Hayitboy Eraliyevich

Sultanov Hayitboy Eraliyevich

Kafedra mudiri:

Asosiy ma'lumotlar:

Tasviriy san’at kafedrasi: 5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiradi.

     Tasviriy san’at kishiga estetik zavq baxsh etadigan, tarix bilan kelajakni bog‘laydigan san’at turlaridan biridir. Tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqish kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, rassom- ijodkorlarni birlashtiradi, ezgulik sari yetaklaydi.

     Qobiliyatli yoshlarni izlab topish, ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va kelajakda zamonamizning har tomonlama yetuk ijodkor shaxsni tarbiyalash bugungi kun rassom-pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi. U tashkilotchilik va ijodkorlik xislatlariga ega bo‘lishi kerak. Rassom-pedagog faoliyati davomida o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va “Ustoz-shogird”tizimi kabi xilma-xil ishlarda faoliyat olib bilan shug‘ullanishlariga to‘g‘ri keladi. Tasviriy san’atni amaliy jihatdan o‘rganish tarixiy tajribalar asosida to‘plangan nazariy bilimlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

     Talabalar tasviriy san’atning nafaqat zamonaviy ko‘rinishi, balki tasviriy san’at muhandislik grafikasining tarixiy rivojlanish bosqichlarini ochib beradigan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga qatnashadilar. O‘zlarining ijodiy g‘oyalarini chiziqlar va ranglar vositasida mahorat bilan chiroyli ifodalash, tasviriy san’at asarlarining nazariy jihatlarini keng tomashabinlar ommasiga yetkaza olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Tasviriy san’at kafedrasi “Chaqiriqqacha ta’lim va jismoniy madaniyat” fakulteti tarkibiga kiradi va quyidagi yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi:

Bakalavr – 

“5110800 – “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”


 «Tasviriy san’at» kafedrasida o‘tiladigan fanlar:

  1. Qalamtasvir
  2.  Rangtasvir
  3. Chizmachilik
  4. Chizma geometriya
  5. Plastik anatomiya
  6. Kompozitsiya
  7. Muhandislik kompyuter grafikasi
  8. Amaliy san’at va badiiy bezak san’ati
  9. Tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko’chirish
  10. Tasviriy san’at tarixi
  11. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o’qitish metodikasi
  12. Dastgohli akademik rangtasvir asoslari
  13. Akademik qalamtasvir asoslari
  14. Grafik tasvirlsh asoslari
  15. Tasviriy san’a va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish


Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar jamoasi toʻplangan.

Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi oʻqituvchilar:

 

  • Baymetov Botir Boltabayevich – pedagogika fanlar nomzodi, professor, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi.
  • Sultanov Hayitboy Eraliyevich – dotsent, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi.
  • Muratov Xusan Xolmuratovichkatta o’qituvchi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi.

   

O‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun kafedraning asosiy o‘qituvchilaridan tashqari, ta’lim dasturlari yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari va yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.

 

O‘quv jarayonini olib borish uchun kafedraning  professor-o‘qituvchilari darslarda zamonaviy o‘qitish usullaridan, multimediya vositalaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadilar.

Malakaviy pedagogik amaliyotlarini talabalar Toshkent viloyatining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib boradilar.

Kafedra O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti”, “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti”, “A.Qodiriy nomidagi Jizax davlat pedagogika instituti”, “P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashgan rassomlik maktabi”, Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, Chirchiq shahar Xalq ta’limi bo‘limi, umuiy o‘rta ta’lim maktablari boshqa tashkilotlar bilan xamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

 

 

Ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish darajalari ro‘yxati


Bakalavr

Yo‘nalish kodi

Talim yo‘nalishi va darajasi

O‘qish muddati va talim tili

5110800 

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

daraja: bakalavr

O‘qish muddati:4 yil;

O‘qitish tili: o‘zbek, rus


Kafedradagi professor o‘qituvchilar tarkibi:

T/r

Familiya, ismi, sharifi

Ilmiy darajasi 

Lavozimi

1.       

Sultanov Hayitboy Eralievich

dotsent

kafedra mudiri

2.       

Baymetov Botir Boltaboevich

pedagogika fanlari nomzodi

professor

3.       

Muratov Xusan Xolmuratovich

Kata o’ituvchi

Kata o’ituvchi

4.       

Sobirov Sarvar Tursinmurotovich

O’qituvchi

O’qituvchi

5.       

Achilov Nurbek Norboy o‘g‘li

O’qituvchi

O’qituvchi

6.       

Ismatov Ulfat Shuxratovich

O’qituvchi

O’qituvchi

7.       

Bekqulov Qudrat Shaydullaevich

O’qituvchi

O’qituvchi

8.       

Ko‘kiev Boburmirzo Baxodir o‘g‘li

O’qituvchi

O’qituvchi

9.       

Ankaboev Rahim Turg‘unovich

O’qituvchi

O’qituvchi

10.   

Baxriev Ilhomjon Saidazimovich

O’qituvchi

O’qituvchi

11.   

Marasulova Izzatoy Sultanovna

O’qituvchi

O’qituvchi

12.   

Atadjanova Robbina Rahimovna

O’qituvchi

O’qituvchi

13.   

Irbutaeva Ma’mura Tairovna

O’qituvchi

O’qituvchi

14.   

Ataxanova Svetlana Orыnbaevna

O’qituvchi

O’qituvchi

15.   

Salieva Madinaxon Adxamjanovna

O’qituvchi

O’qituvchi

16.   

Mahmudov Mirali Jabbarovich

O’qituvchi

O’qituvchi