+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Shofqorov Abdushukur Musayevich
Shofqorov Abdushukur Musayevich

Shofqorov Abdushukur Musayevich

Kafedra mudiri:

Asosiy ma'lumotlar:


O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi Chirchiq  davlat pedagogika instituti Kengashining 2018-yil 27-avgustda qabul qilgan 1-sonli qaroriga muvofiq Tarix va tillar fakulteti Tillar kafedrasi tarkibidan alohida O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi boʻlib ajralib chiqdi va faoliyat koʻrsata boshladi. Kafedra professor-oʻqituvchilari tegishli fanlardan dars berish bilan bir qatorda turli mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib borishmoqda.

O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi Tarix va tillar fakulteti tarkibiga kiradi va quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlaydi:

 

  • Bakalavr - 5111200 – O`zbek tili va adabiyoti;
  • Bakalavr - 5111300 – Ona tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti;);
  • Bakalavr - 5111300 – Ona tili va adabiyoti (qozoq tili va adabiyoti;);

O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida oʻtiladigan fanlar:



  1. O`zbek (rus)tili
  2. Tilshunoslik
  3. Ona tili va bolalar adabiyoti
  4. Ona tili. Bolalar adabiyoti va folklor
  5. Sotsiolingvistika
  6. Ifodali o`qish va nutq madaniyati
  7. O`zbek folklori 
  8. Til va adabiyot o`qitish metodikasiga kirish
  9. Sharq tillari va eski o`zbek yozuvi
  10. Tasavvuf va mumtoz poetika
  11. Xozirgi o`zbek adabiy tili
  12. Ozbek adabiyoti tarixi
  13. Ibrat hayoti va ijodiy faoliyati
  14. Matnshunoslik
  15. Badiiy asar tahlili
  16. O`zbek dialektologiyasi
  17. Jahon adabiyoti
  18. Klassik she’r o`lchovi
  19. Tahlil asoslari
  20. O`qituvchi nutq madaniyati
  21. Ona tili o`qitish metodikasi
  22. O`zbek tilini o`qitish metodikasi
  23. O`zbek adabiyotini o`qitish metodikasi
  24. O`zbek tili tarixi
  25. Xozirgi adabiy jarayon
  26. O`zbek bolalar adabiyoti
  27. Yozma ishlarni tashkil etish
  28. Umumiy tilshunoslik
  29. Hozirgi qozoq adabiy tili
  30. Adabiyotshunoslik asoslari
  31. Qozoq adabiyoti tarixi
  32. Qozoq orfografiyasi va punktuatsiyasining masalalari
  33. Turkiy xalqlar adabiyoti
  34. Xozirgi tojik adabiy tili
  35. Tojik adabiyoti tarixi
  36. Tojik orfografiyasi va punktuatsiyasi
  37. Forsiya xalqlar adabiyoti

 Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yoʻnalishlarda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar jamoasi toʻplangan.



Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi oʻqituvchilar:

  • Shofqorov Abdushukur Musayevich - kafedra mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b., o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Rasulov Ravshanxo`ja filologiya fanlari doktori, professor, o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Matchonov Safo - pedagogika fanlari doktori, professor, bolalar adabiyoti sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Xodjamkulov Umid Ne`matovich - filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b., o`zbek adabiyotshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Davlatova Adiba Rahmatovna - filologiya fanlari nomzodi, dotsent, o`zbek adabiyotshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Holiqova Nodira Djaxongirovna - filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b., o`zbek adabiyotshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Botirova Shaxlo Isamiddinovna - filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent v.b., o`zbek adabiyotshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Gulyamova Xolida - katta o`qituvchi, o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • To`ychiyev Abdurashid Mustafayevich – katta o`qituvchi, o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Shermatova Umida Sapayevna – o`qituvchi, o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Abdirimova Intizor Kamilovna – o`qituvchi, o`zbek tilshunosligi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Nosirova Tillojon Xayitbayevna – katta o`qituvchi, tojik tili va adabiyoti sohasida yetakchi mutaxassis
  • Baykabilov O`serbay – katta o`qituvchi, qozoq tili va adabiyoti sohasida yetakchi mutaxassis



Oʻquv mashgʻulotlrini oʻtish uchun kafedraning asosiy oʻqituvchilaridan tashqari faoliyatlari taʻlim dasturlari yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlgan OʻzR FA ilmiy tadqiqot institutlari mutaxassislari va yetakchi oliy ta`lim muassasalari professor-oʻqituvchilari jalb qilingan.

­­­­­­­­­­­­

Oʻquv jarayonini takomillashtirish uchun kafedraning  professor-oʻqituvchilari darslarda zamonaviy oʻqitish usullaridan, multimediya vositalaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadilar.

Malakaviy amaliyotlarini talabalar OʻzR FA O`zbek tili, adabiyot va folklor institutida, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot davlat muzeyida olib borishadi.

Kafedra Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O`zbek tili, adabiyot va folklor instituti, Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot davlat muzeyi, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.

Xalqaro hamkorlik aloqalari: Bugungi kunda kafedra jamoasi xorijiy mamlakatlarning universitet va institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib borishni yоʻlga qоʻymoqda.

O`zbek tili va adabiyoti fani  boʻyicha sifatli va fundamental bilimlarni egallashni istagan yoshlarni oʻqishga taklif qilamiz.


Taʻlim yoʻnalishlari va oʻqitish darajalari roʻyxati

Bakalavr

Yoʻnalish kodi

Taʻlim yoʻnalishi  va darajasi

Oʻqish muddati va ta`lim tili

5111200

O`zbek tili va adabiyoti
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati: 4 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek

5111200

O`zbek tili va adabiyoti (2-oliy ta’lim)
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati: 3 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek

5111200

O`zbek tili va adabiyoti (sirtqi)
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati: 5 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek

 

Bakalavr

Yoʻnalish kodi

Taʻlim yoʻnalishi  va darajasi

Oʻqish muddati va ta`lim tili

5111300

Ona tili va adabiyoti (qozoq tili va adabiyoti)
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati:4 yil;

Oʻqitish tili: qozoq

 

Bakalavr

Yoʻnalish kodi

Taʻlim yoʻnalishi  va darajasi

Oʻqish muddati va ta`lim tili

5111300

Ona tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti)
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati:4 yil;

Oʻqitish tili: tojik

 

Tayanch doktorantura

Yoʻnalish kodi

Yoʻnalishi  va darajasi

Oʻqish muddati va ta`lim tili

10.00.01

O`zbek tili 

Daraja: Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori

Oʻqish muddati:3 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek

 

Kafedradagi professor oʻqituvchilar tarkibi:

 

T/r

Familiya, ismi, sharifi

Ilmiy darajasi 

Lavozimi

1.      

Shofqorov Abdushukur Musayevich

filologiya fanlari nomzodi

kafedra mudiri

2.      

Rasulov Ravshanxo`ja

filologiya fanlari doktori

professor

3.      

Haqqulov Ibrohim Choriyevich

filologiya fanlari doktori

professor

4.      

Matchonov Safo  

pedagogika fanlari doktori

professor

5.      

Mengliyev Baxtiyor Rajabovich

filologiya fanlari doktori

professor

6.      

Bekmirzayev Norqul

filologiya fanlari nomzodi

dotsent

7.      

Xodjamkulov Umid Ne`matovich

filologiya fanlari nomzodi

dotsent

8.      

Sabitova Tajixan

filologiya fanlari nomzodi

dotsent

9.      

Davlatova Adiba Rahmatovna

filologiya fanlari nomzodi

dotsent

10.                        

Xoliqova Nodira Djоxongirovna

filologiya fanlari nomzodi

dotsent

11.                        

Botirova Shaxlo Isamiddinovna

filologiya fani boʻyicha PhD

dotsent

12.                        

Ramazonov Nodir Normurodovich

filologiya fani boʻyicha PhD

dotsent

13.                        

Gulyamova Xolida

 

katta oʻqituvchi

14.                        

To`ychiyev Abdurashid Mustafayevich

 

katta oʻqituvchi

15.                        

Shermatova Umida Sapayevna

 

oʻqituvchi

16.                        

Abdirimova Intizor Kamilovna

 

oʻqituvchi

17.                        

Suvonov Zavqiddin Normurodovich

 

oʻqituvchi

18.                        

Nosirova Tillojon Xayitbayevna

 

katta oʻqituvchi

19.                        

Baykabilov O`serbay

 

katta oʻqituvchi