+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

MUSIQA TA’LIMI VA DEFEKTOLOGIYA

Kafedra mudiri: Mahkamova Shohida Rahmatullaevna
Mahkamova Shohida Rahmatullaevna

Mahkamova Shohida Rahmatullaevna

Kafedra mudiri:

Asosiy ma'lumotlar:

Musiqa ta’limi  va defektologiya kafedrasi Chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogik Kengashining 2019 yil 27 avgustda qabul qilgan 1-sonli qaroriga muvofiq, Pedagogika fakulteti “Pedagogika va psixologiya kafedrasi” tarkibidan "Musiqa ta’limi va defektologiya" kafedrasi ajralib chiqdi va faoliyat ko‘rsata boshladi.

Musiqa ta’limi  va defektologiya kafedrasi gumanitar fanlar bilim sohasi tarkibiga kiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi:

  • Bakalavr- “5111100 - Musiqa ta’limi”
  • Bakalavr –“5111900 - Defektologiya (logopediya)”

 

Musiqa ta’limi yo‘nalishida o‘tiladigan fanlar:



Maktab repertuari.

Maqom asoslari.

Notalashtirish va kompyuter dasturlari bilan ishlash.

Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash.

Musiqa tarixi.

Ritmika.

Pedagogik amaliyot.

 

Defektologiya:



Nutqning ontogenezda rivojlanishi.

Maxsus pedagogika va psixologiya.

Logo psixologiya va psixologik korreksiya metodlari.

Erta tashxis va abilitatsiya.

Nutq o‘stirish maxsus metodikasi.

Psixologik-pedagogik diagnostika. 

Qiyosiy maxsus pedagogika.

Logopedik texnologiya. 

Logoritmika.                                                                                                                                                                                    Inklyuzivnoe ta’lim.

                                               

Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tegishli fanlardan dars berish bilan bir qatorda turli mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib borishmoqda.

 

Kafedrada faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi o‘qituvchilar:

                                

  • Mahkamova Shohida Rahmatullaevna- kafedra mudiri, katta o‘qituvchi, Musiqa o‘qitish metodikasi sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Lutfullaev Anvar Qudratovich- proffessor, musiqa san’atining cholg‘u ijrochiligi  sohasida yetakchi mutaxassis.
  • Qodirova Feruzaxon Usmonovna- pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, serdopedagogika sohasi yetakchi mutaxassisi.
  • Muhitdinova Malohat Saidjabbarovna- katta o‘qituvchi, musiqa nazariyasida yetakchi mutaxassis.
  • Abdullaeva Gavhar Saparovna – o‘qituvchi, defektologiya sohasi yetakchi mutaxassisi.

 

       Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti innovatsion ta’lim klasteri doirasida musiqa ta’limi va defektologiya kafedrasi Toshkent viloyati miqiyosida  musiqa o‘qituvchilari va logopedlari bilan hamkorlik ishlari amalga oshiriladi. Bu borada muntazam konferensiyalar, o‘quv, o‘quv-amaliy, mavzuli  seminarlar tashkil qilinadi va o‘tkaziladi. Telegram ijtimoiy tarmog‘ida uslubiy  yordam va ma’lumot almashinadi.

        Shuningdek, innovatsion ta’lim klasteri doirasida Chirchiq shahridagi  eshitish, ko‘rish va  aqlan va jismonan nuqsoni bor bolalar uchun  30- ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi, 2 va 25- umumta’lim maktablar bazasida tajriba laboratoriyasi tashkil qilingan.

      Kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida talabalar tomonidan laboratoriyada rivojlantiruvchi-korreksion, musiqiy ko‘ngil ochar mashg‘ulotlar muntazam o‘tkaziladi.

     Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari Respublika va xalqaro tanlov va festivallar g‘olibidirlar. Masalan,  shu yilning iyun oyida  talabalarning bir guruhi  xalq cholg‘u asboblari ijrochiligi yo‘nalishida  Qozog‘iston milliy san’at universiteti qoshida tashkil qilingan  “ART-ASPEKT” Ijodiy tashabbuslar markazi tomonidan Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida tashkil qilingan  “Musiqiy mavsum, yoz - 2019” tanlovida    birinchi o‘rinlarni va Italiyaning Rim shahrida o‘tkaziladigan tanlovga imtiyozli yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.   

     

       Musiqa ta’limi va defektologiya kafedrasi qoshimda istitutning “Nihol” talaba - teatr studiyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

Xalqaro xamkorlik.

 Kafedra  pedagogik jamoasi jaxondagi  musiqa ta’limi va defektologiya sohalaridagi yangiliklar, innovatsiyalardan xabardor bo‘lishga intiladilar. Shuning uchun kafedra Rossiya, Belorusiya va Qozog‘iston Oliy ta’lim muassasalari bilan xamkorlik qiladilar. Bular: 

- Gnesin nomli Moskva davlat  pedagogika instituti, Rossiya. Rossiya xalq artisti, professor, kafedra mudiri- Voronin Boris Sergeevich.

- Tanka nomli Belorusiya  davlat  defektologiya instituti. Bu OTM bilan defektologiya yo‘nalishi talabalari uchun “Mahorat darslari”tashkil qilish va o‘tkazish haqida muzokaralar olib borilmoqda.

Ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish darajalari ro‘yxati.


Bakalavr

Yo‘nalish kodi

Ta’lim yo‘nalishi va darajasi

Ta’lim olish muddati va tili

5111100

Musiqa  ta’limi (kunduzgi)
daraja: bakalavr

O‘qitish muddati: 4 yil;

O‘qitish tili: uzbek

5111100

Musiqa  ta’limi (sirtqi)
daraja: bakalavr

O‘qitish muddati: 5 yil;

O‘qitish tili: uzbek

5111900

Defektologiya  (kunduzgi)

daraja: bakalavr

O‘qitish muddati: 4 yil;

O‘qitish tili: uzbek

5110200

Defektologiya (ikkinchi mutaxassislik)

daraja: bakalavr

O‘qitish muddati: 3 yil;

O‘qitish tili: uzbek

 


      Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi: 

T/r

Familiya, ismi va sha’rifi

Ilmiy darajasi

Lavozimi

1.       

Mahkamova Shohida Rahmatullaevna

Katta o‘qituvchi

Kafedra mudiri

2.       

Lutfullaev Anvar Qudratovich

proffessor

proffessor

3.       

Qodirova Feruzaxon Usmonovna

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

O‘qituvchi

4.       

Muhitdinova Malohat Saidjabbarovna

Katta o‘qituvchi

Katta o‘qituvchi

5.       

Abdullaeva Gavhar Saparovna

o‘qituvchi

o‘qituvchi

6.       

Xo‘jamkulov Pirimqul Berdikulovich

Katta o‘qituvchi

Katta o‘qituvchi

7.       

Xalilova  Mahfuza Mahamadjonovna

o‘qituvchi

o‘qituvchi

8.       

Asadullaeva Mastura Abduvaxobovna

o‘qituvchi

o‘qituvchi

9.       

Syomkina Adiba Minggirovna

o‘qituvchi

o‘qituvchi

10.   

Azizov Ravshanbek Komilovich

o‘qituvchi

o‘qituvchi

11.   

Botirov Yuldashali

o‘qituvchi

o‘qituvchi

12.   

Yunusov Odil Haybullaevich

o‘qituvchi

o‘qituvchi