+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Abdullayev Abduqayum Abdulxayevich
Abdullayev Abduqayum Abdulxayevich

Abdullayev Abduqayum Abdulxayevich

Kafedra mudiri:

Asosiy ma'lumotlar:

KAFEDRA TARIXI.

 

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi tarkibida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari hukumatimizning ta’lim sohasiga oid islohotlari va kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga tadbiq qilib, malakali, yuksak ma’naviyatli va zamon talablariga mos kadrlarni tayyorlashda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.


Maktabgacha talim kafedrasi dastlab Maktabgacha talim kafedrasi nomi bilan 2019 yilda tashkil topgan. 2019-2020 o‘quv yildan kafedraning nomi Maktabgacha talim deb atala boshladi.

Maktabgacha talim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 5111800 -Maktabgacha ta’lim, kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tiladigan fanlari hamda  barcha yo‘nalishlar uchun jismoniy tarbiya va sport fanidan, ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llanilib kelinyapti.

 

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:



  • Bakalavr - “5111800 – Maktabgacha ta`lim”


Maktabgacha  ta`lim kafedrasida oʻtilgadigan fanlar

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.       

Pediatriya va bolalar gigienasi

 

   Pediatriya – sog’lom  va  bemor  bola  haqidagi  fan. Bolalar  gigienasi – atrof  muhit  faktorlarini  bolalar  sog’lig’iga   va  rivojlanishiga  ta`sirini  o’rganuvchi  fan. Bolalar  gigienasi  bolalar  sog’ligini  saqlash  va  mustaxkamlashga,  ularni  gormonal  rivojlanishi  va maktabgacha  ta`lim  muassasalarida to’g’ri tarbiyalanishiga  qaratilgan  chora  tadbirlarni  ishlab  chiqadi.

2.       

Mariya Montessori metodikasi

 

 

“Mariya montessori metodikasi”  fani  maktabgacha  ta’lim muassasalarida  M.Montessori  metodikasining asosiy maqsadi, bilim, ko’nikma  va malakalarini  takomillashtirish, Mariya Montessori   metodikasining maqsadi  va  mohiyati,  Montessori  ta’lim  tizimi sistemasining   tarkibiy  qismlari,  ko’rgazmalilikning  o’rni,  maktabgacha   yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasida   Mariya Montessori  metodikasidan  foydalanishning  o’ziga xosligi  bo’yicha ko’nikma va malakalarni hosil qilish vazifalarini bajaradi.

3.       

Maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari

 

Maktabgacha ta’limnmng me’yoriy asoslari  kursini maksadi.  ta’lim tizimi va uni boshkarish muammolari bilan tanishtirish.Fanning asosiy vazifalari, ta’lim tizimini boshqarish tamoyillari, shakllari, maksadlari va sh.k me’yoriy xujjatlar bilan  tanishtirishdan iborat. Fani o‘qish davomida talablar «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» DTS»Milliy model», uzluksiz tizim va uni boshkarish masalalarida ilgari surilgan talablar bilan xam tanishadi.

4.       

Bolalarni sanalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish

 

Dasturda bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish kursining maqsad va vazifalari, ijodiy tarbiya haqida tushuncha, ijodiy tarbiyaning nazariy asoslari, MTMsida bolalarni ijodiy faoliyatga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari, bolalarga o’rgatiladigan ijodiy ishning mazmuni, ijodiy tarbiyani amalga oshirish vosita va shakllari, ijodiy faoliyatni o’yin jarayonida tashkil etish, ijodiy malakalarini shakllantiruvchi omillar, ish jarayonini loyihalash, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, ijodiy natijalarini namoyish etish va baholash, bolalarni ijodiy faoliyatga o’rgatuvchi ish turlari, o’z-o’ziga xizmat, maishiy xo’jalik ishlari, tabiatda ishlash, qo’l ijodiyoti, o’quv ijodiyoti kabi masalalarni qamrab olgan.

5.       

Bolalarni nutqini o’stirish

 

Yetuk mutaxassislarni, ayniqsa, yosh avlod tarbiyachilarini tayyorlashda
til ilmi muhim ahamiyat kasb etadi, zero til o‘qituvchining eng asosiy quroli sanaladi. Nutq madaniyati  jamiyatning madaniy taraqqiyoti, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir.Nutq madaniyati eng muhim aloqa-aralashuv quroli – tildan maqsadga muvofiq foydalangan holda to‘g‘ri va chiroyli nutq tuzish yo‘llarini o‘rgatadi.

6.       

Tabiat bilan tanishtirish

 

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq tabiatni muhofaza qilishga oid qonun va qarorlar qabul qilindi. Inson tabiatning ajralmas qismi, tabiat insonning xayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha ne’matlarni taqdim etadi. Ayni paytda tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabat talab etiladi.

    Bizga ma’lumki, yoshlarni yuqori malakali qilib tarbiyalash uchun yukori malakali mutaxassislar tarbiyalash zarurdir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni tabiatni asrab avaylashga, ona tabiatga muxabbatni shakllantirishga, ma’nan boy, aqlan etuk , har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat.

7.       

Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi

 

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiyachilar tayyorlashda “Maktabgacha ta’limda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi” fanining o’qitilishi muhim o’rin tutadi. Ta’lim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi.

8.       

Maktabgacha ta'limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati

 

   Dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy, jismoniy, aqliy, ahloqiy xuquqiy va ekologik ta’limini amalga oshirishning metod va vositalari asoslab berilgan.

O‘zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni  tashkil etishning asosiy bosqichlari va maktabgacha ta’lim bo‘yicha yuqori malakali rahbar metodist nazoratchi va tarbiyachilarni tayyorlash vazifalari, usullari, metodik rahbarlik qilish tamoyillari o‘quv dasturining mazmunini tashkil etadi.

9.       

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

 

Jismoniy madaniyat va sport oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak mutaxassisning ijtimoiy shakllanishi, uning jismoniy barkamollikka erishishi, talabalar uchun muhim individual, shaxsiy va professional sifatlarni faol takomillashtirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Jismoniy tayyorgarligi darajasini oshirish, maxsus bilimlar, harakatlanish malakalari va ko‘nikmalari tizimini egallab olish bo‘lajak mutaxassislarning professional faoliyatida psixofizik tayyorgarligini ta’minlaydi.

10.   

Maktabgacha ta'lim taraqqiyoti

 

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq Maktabgacha talimda innovatsiyalarni rivojlantirishga  oid qarorlar qabul qilindi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining asosiy strukturaviy komponentlari. Tarbiyachining innovatsion faoliyati asosida kasbiy kompetentlikni shakllantirish haqida ma`lumot beradi.

 

Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar jamoasi toʻplangan.

Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi oʻqituvchilar:

 

  • Abdullayev Abduqayum Abdulxayevich- Kafedra mudiri, dotsent vazifasini bajaruvchi, sport ustasi
  • Xurramov Eshmaxmat Eshqulovich – kafedra jismoniy tarbiya o`qituvchisi,basketbol boyicha to`garak rahbari, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O`zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti tadqiqotchisi
  • Teshaboeva Zamira Sobirovna– kafedra katta o`qituvchisi, “Montessori bog`chasi”loyihasi muallifi
  • Nosirova Zuhra Hatamjanovna – kafedra bolalar nutqini o`stirish fani o`qituvchisi
  • Xurvalieva Tarmiza Latipovna – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nizomiy nomidagi TDPU doktoranti
  • Karimjonov Alijon Karimjonovich pedagogika fanlari nomzodi

Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtish uchun kafedraning asosiy oʻqituvchilaridan tashqari, faoliyatlari taʻlim dasturlari yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlgan. Maktabgacha ta’lim malaka oshirish  institutlari mutaxassislari va yetakchi oliy ta`lim muassalari professor-oʻqituvchilari jalb qilingan.

Kafedrada ikkita laboratoriya xonalari mavjud boʻlib, ularda Klaster tizimidaida talabalar darsga oid laboratoriya ishlarini bajaradilar, xonalar kerakli jixozlar va reaktivlar bilan jixozlangan.

 

 

Oʻquv jarayonini takomillashtirish uchun kafedraning  professor-oʻqituvchilari darslarda zamonaviy oʻqitish usullaridan, multimediya vositalaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadilar.

    Ishlab chiqarish amaliyotlarini talabalar Chirchiq shahar MTBga qarashli 33- sonli MTTda  handa Chirchiq shahrining boshqa MTTlarida  olib borishadi.

      “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim”  fakulteti “ Maktabgacha ta’lim” kafedrasi Chirchiq shahar MTB tasarrufidagi 33-son MTT  bilan hamkorlikda tashkil etilgan “ maktabgacha ta’lim-laboratoriya ” innovatsion tajriba maydonchasida  “ Bilimdon” to‘garagi faoliyat boshladi. To‘garakda ingliz tili, rus tili, matematika va rasm chizish bo‘yicha  3 va 2-bosqich talabalari bolajonlarga bilim berib kelmoqdalar.



Xalqaro xamkorlik aloqalari: Bugungi kunda kafedra jamoasi xorijiy mamlakatlarning universitet va institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib borishni yоʻlga qоʻymoqda. Jumladan, Rossiya davlat pedagogika universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti, Yapon sport univеrsitеti kabi dinyoning yetakchi oliy taʻlim muassasalari olimlari bilan оʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarda hamkorlik qilish yоʻlga qоʻyilgan. 

Kafedra oʻqituvchilari muntazam ravishda mamlakatning ixtisoslashgan universitetlarida malaka oshiradilar,  mintaqalararo va xalqaro seminar va konferentsiyalarda qatnashadilar.








 

Taʻlim yoʻnalishlari va oʻqitish darajalari roʻyxati


Bakalavr

Yoʻnalish kodi

Taʻlim yoʻnalishi  va darajasi

Oʻqish muddati va ta`lim tili

5111800

Maktabgahca ta`lim
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati:3 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek, rus

5111800

Maktabgahca ta`lim (sirtqi)
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati:5 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek

5111800

Maktabgahca ta`lim (maxsus sirtqi )
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati:3 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek

5111800

Maktabgahca ta`lim
(ikkichi oliy ta`lim )
daraja: bakalavr

Oʻqish muddati:3 yil;

Oʻqitish tili: oʻzbek


 

 

TADQIQOTCHILAR

 

 

T.r

F.I.SH.

Ilmiy darajasi va unvoni

Ixtisosligi shifri va nomi

Dissertatsiya mavzusi

1.

Abdullayev Abduqayum Abdulxaevich

yo‘q

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi

Xalq o’yinlari vositasida o’quvchilarda sog’lom turmush tarsi ko’nikmalarni shakllantirish mexanizmlarni takomillashtirish

2.

Xurramov Eshmaxmat Eshqulovich

yo‘q

13.00.01-Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment

Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish

 

3.

Teshaboeva Zamira Sobirovna

yo‘q

13.00.01-Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment

Bo‘lajak tarbiyachilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyalari

4.

Nosirova Zuhra Hatamjanovna

yo‘q

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

XXasr o‘zbek –yapon nasrida ruhiyat tasviri

5.

Xurvalieva Tarmiza Latipovna

Pedagogika fanlari nomzodi

13.00.02-Maktabgacha ta’lim, tarbiya nazariyasi va metodika

Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-olam bilan tanishtirishning samarali texnologiyalari

 

TO’GARAKLAR.

 

Maktabgacha talim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan sport va ijodiy to‘garaklari:Jo‘raboev  Akmal Baxromovich, “Voleybol”, Xurramov Eshmaxmat Eshqulovich “Basketbol” to‘garaklar hamda Boliyeva Lola Shukurovna va Teshabaeva Zamira Sobirovnaning “Ijodkor tarbiyachi” to‘garaklari faoliyat  olib bormoqda.

 

 



 

KAFEDRA XODIMLARI.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Maktabgacha talim kafedrasi
professor-o‘qituvchilari

Abdullayev Abduqayum Abdulxaevich

dotsent  vazifasini bajaruvchi,

Kafedra mudiri, dotsent  vazifasini bajaruvchi

Xurvalieva Tarmiza
Latipovna

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

dotsent

Karimjonov Alijon Karimjonovich

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

dotsent

Jo‘raboev  Akmal Baxromovich

 

Katta o`qituvchi

Kazoqov Ruxilla Turobovich

 

Katta o`qituvchi

Xurramov Eshmaxmat

 

Katta o`qituvchi

Teshaboeva Zamira

Sobirovna

 

Katta o`qituvchi

Shanasirova Zaxro Yuldashovna

 

o`qituvchi

Boliyeva Lola

 Shukurovna

 

o`qituvchi

Nosirova Zuhra

Hatamjanovna

 

o`qituvchi

Mutalova Dilnoza Abdurashidovna

 

o`qituvchi

Kirgizbaeva Mavlyuda Kadirovna

 

o`qituvchi

Kolosova Elena Gregorevna

 

o`qituvchi

Umarova Dilafruz Abdurasulovna

 

o`qituvchi

Yusupova Ra’no Irkindjanovna

 

o`qituvchi