+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

INFORMATIKA KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich
Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich

Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich

Kafedra mudiri:

Asosiy ma'lumotlar:

afedra 2019 yil yanvarda tashkil topgan va bugungi kunda aniq fanlar fakulteti tarkibiy tuzilmasi sifatida faoliyat olib bormoqda va quyidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydi: 

bakalavriat - «Pedagogik ta’lim» (tayyorlov yo‘nalishi: informatika o‘qitish metodikasi).

 

Bugungi kunda kafedrada axborot texnologiyalari, kompyuter lingvistikasi, axborot xavfsizligi, dasturlash, kompyuter grafikasi, pedagogika va axborot texnologiyalarining xalq va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi yo‘nalishlarining amaliy va nazariy sohalari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, yetuk mutaxassislardan iborat jamoa shakllangan va faoliyat olib bormoqda. Ulardan mutaxasissligi bo‘yicha yetakchi bo‘lganlarini quyida keltirib o‘tamiz:

 Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlar:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Ta’limda multimediya texnologiyalaridan foydalanish


Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari: 

  • Axmedjonov D.G‘., texnika fanlari doktori, dotsent, axborot texnologiyalarining qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Gulboev N.A., texnika fanlari nomzodi, dotsent, axborot texnologiyalari va dasturlash sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Jo‘raeva N.V., texnika fanlari nomzodi, kompyuter lingvistikasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Gaynazarov S.M., fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent, axborot texnologiyalari va dasturlash sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Mamarajabov M.E., pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, informatika o‘qitish metodikasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Sultonov B.., texnika fanlari nomzodi, dotsent, axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Maxmudova D.M., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktor (RhD), informatika o‘qitish metodikasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Karpova O.V., fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent, ta’lim texnologiyalari va dasturlash sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis
  • Xurramov A.J., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktor (RhD), informatika o‘qitish metodikasi va kompyuter grafikasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Boymurodov A.X., katta o‘qituvchi, veb dizayn va kompyuter grafikasi sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.
  • Ismoilov A.A., katta o‘qituvchi, ma’lumotlar bazasi va dasturlash sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis.

Ta’lim jarayonini qiziqarli tashkil etish uchun ta’lim natijalarini amaliyotga joriy etishda qatnashuvchi kadrlar buyurmachilari va boshqa ishlab chiqarish korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislari jalb etiladi. Bu mutaxassislar pedagogik ta’lim, axborot xavfsizligi, veb dizayn, kompyuter grafikasi va dasturlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislar hisoblanadi.

O‘quv jarayonini aktivlashtirish uchun kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, multimediya vositalarini qo‘llashadi hamda soha bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurtlariga ekskursiyalar uyushtiriladi. 

Nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyot bilan chambarchas bog‘lash uchun bir qator o‘rta umumta’lim maktablarida amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Kafedra ilmiy-tadqot va ijodiy ishlarni rivojlantirish maqsadida quyida keltirilgan qator oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ularga: O‘zR FAga qarashli Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tekshirish instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti va umumta’lim maktablarini kiritish mumkin. 

Kafedra hamkorlikda loyihalar tayyorlash, ilmiy stajirovkalar va o‘quv amaliyotlarni tashkil etish maqsadida bir qator Yevropa va MDH mamlakatlarining universitetlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. Ular:

  • Chimkent mintaqaviy innovatsion Universiteti (Qozog‘iston);
  • Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti (Qozog‘iston);
  • Novosibirsk davlat pedagogika universiteti (Rossiya);
  • Lefke Yevropa universiteti (Shimoliy Kipr).

 

            Kafedrada quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi:

  • Umumiy o‘rta ta’lim tizimidainformatika va axborot texnologiyalari o‘qitishda innovatsion klaster usuli;
  • Ta’lim tizimini axborotlashtirishning dolzarb muammolari;
  • O‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirib o‘qitish metodikasini takomil-lashtirish;
  • O‘rta umumta’lim maktablarda informatika fanini o‘qitish uchun elektron resurslar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
  • Interpolimer kompleksdan xosil qilingan ekran yordamida suv iqtisodi va melioratsiya masalalarining matematik modeli.

            Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda mintaqaviy va xalqaro seminarlar, konferensiyalarga ishtirok etib borishadi. 

 

Ta’lim yo‘nalishlari va tayyorlash darajasi: 


oliy ta’lim - bakalavriat

Kod

Yo‘nalish

tayyorlash profili

5110700

Informatika o‘qitish metodikasi 

Daraja: bakalavr

Informatika
kunduzgi, 4 yil;
Ta’lim tili: o‘zbek va rus tilida.


 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi 

Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich

t.f.d., dotsent,kafedra mudiri

Gulboev Ne’matulla Abdukarimovich

t.f.n., dotsent

Jo‘raeva Nilufar Vayitovna

t.f.n., dotsent

Gaynazarov Sulton Mamanazarovich

f-m. f. n., dotsent

Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich

p. f. n., dotsent

Sultonov Bozorboy

t.f.n., dotsent

 

Maxmudova Dilfuza Melievna

p.f.n.

Karpova Olga Vladimirovna

f-m.f.n.

Xurramov Anvar Jumanazarovich

p.f.n.

Boymurodov Adxam Xushimkulovich

katta o‘qituvchi

Ismoilov Azamat Arslanboevich

katta o‘qituvchi

Duysenov Nurmaxambet Elamaovich

katta o‘qituvchi

Jomirzaev Abdug‘ofur Abduraximovich

katta o‘qituvchi

Kamolov Eshmurod Raxmonovich

katta o‘qituvchi

Xolmetova Muxabbat Xudoynazarovna

o‘qituvchi

Yuldasheva Gulshad Tleuovna

o‘qituvchi

Axmedov Bekjan Askarovich

o‘qituvchi

Sultonov Ravshan Otonazarovich

o‘qituvchi

Qurolov Yo‘ldosh Abdullaevich

o‘qituvchi

Raxmonova Gulxayo Sayidjon qizi

o‘qituvchi

Qudratilloev Navshod Abdulloevich

o‘qituvchi

Rajabov Oybek Tog‘aymurod o‘g‘li

o‘qituvchi

Raximov Sanjar Muxammadovich

o‘qituvchi

Rizaev Odil Baxtiyor o‘g‘li

o‘qituvchi