
Rajabov Furqat Turakulovich
Asosiy ma'lumotlar:
Geografiya kafedrasi Chirchiq davlat pedagogika instituti Kengashining 2019 yil 27 avgustda qabul qilgan 1-sonli Qaroriga muvofiq, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi “Tabiiy fanlar” kafedrasi tarkibidan alohida “Geografiya” kafedrasi bo‘lib ajralib chiqdi va faoliyatini boshladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tegishli fanlardan dars berish bilan bir qatorda turli mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib borishmoqda.
Geografiya kafedrasi tabiiy fanlar fakulteti tarkibiga kiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi:
- Bakalavr – “5110500 – Geografiya o‘qitish metodikasi”
- Magistratura – “5A110501 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya)”
Geografiya kafedrasida o‘qitiladigan fanlar
- Umumiy yer bilimi
- Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
- Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
- Qishloq xo‘jaligi geografiyasi
- Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
- Mamlakatshunoslik (geografiya)
- Tuproqlar geografiyasi
- Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
- Transport, sanoat va qishloq xo‘jaligi geografiyasi
- Geografiyani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar
- Tabiiy geografik jarayonlar
- Umumiy gidrologiya
- Geografiyadan masala va mashqlar
- Geografiya tarixi
- Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi
- Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
- Geografiya o‘qitish metodikasi
- Toponimika
- O‘lkashunoslik
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
- Geomorfologiya va antropogen landshaftshunoslik
- Konstruktiv geografiya
- Geoekologiya
- Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
- Geodemografiya
- Zamonaviy geografiyaning asosiy muammolari
Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar jamoasi to‘plangan.
Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi o‘qituvchilar:
- Rajabov Furqat Turakulovich – kafedra mudiri, geografiya fanlari falsafa doktori, dotsent v.b., qishloq xo‘jaligi geografiyasi sohasida yetakchi mutaxassis.
- Mahamadaliyev Ravshan Yo‘ldoshevich – geografiya fanlari nomzodi, dotsent, aholi geografiyasi sohasida yetakchi mutaxassis.
- Tojiyeva Zulxumor Nazarovna – geografiya fanlari doktori, professor, demografiya sohasida yetakchi mutaxassis.
- Nizomov Asror – geografiya fanlari nomzodi, dotsent, geologiya va minerologiya sohasida yetakchi mutaxassis.
- Amanbayeva Ziyoda Abduboisovna – geografiya fanlari nomzodi, dotsent, geoekologiya sohasida yetakchi mutaxassis.
- Yakubjonova Shoxsanam Toshkanboyevna– geografiya fanlari falsafa doktori, dotsent, agroturizm va ekologiya sohasida yetakchi mutaxassis.
Kafedrada Geografiya fani bo‘yicha respublikada birinchi smart o‘quv xonasi tashkil etilgan bo‘lib, u auditoriyani texnik jihatdan boshqarish imkoniyatini beruvchi zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan. Bu yerda talabalar video fayllarni ko‘rish, ovozli fayllarni tinglash va dars jarayonida onlayn rejimda internetdan foydalanib, kerakli materiallarni olish imkoniyatlariga ega.
O‘quv jarayonini takomillashtirish uchun kafedra professor-o‘qituvchilari darslarda zamonaviy o‘qitish usullaridan, multimedia vositalaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadilar.
Kafedra O‘zRFA Seysmologiya ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Urganch davlat universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Xalqaro hamkorlik aloqalari: Bugungi kunda geografiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari jamoasi xorijiy mamlakatlarnining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda. Jumladan, Moskva davlat universiteti, Tojik davlat pedagogika universiteti, O‘sh davlat universiteti, Xo‘jand davlat universiteti bilan hamkorlik olib borilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari muntazam ravishda mamlakatning ixtisoslashgan universitetlarida malaka oshiradilar, mintaqalararo va xalqaro seminar va konferensiyalarda qatnashadilar.
Geografiya fani bo‘yicha chuqur va sifatli bilim egallashni xohlovchi yoshlarni o‘qishga taklif etamiz.
Ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish darajalari ro‘yxati:
Bakalavr
Yo‘nalish kodi |
Ta’lim yo‘nalishi va darajasi |
O‘qish muddati va ta’lim tili |
5110500 |
Geografiya o‘qitish metodikasi daraja: bakalavr
|
O‘qish muddati: 4 yil Ta’lim tili: o‘zbek |
5110500 |
Geografiya o‘qitish metodikasi daraja: bakalavr |
O‘qish muddati: 4,5 yil Ta’lim tili: o‘zbek |
Magistratura
Yo‘nalish kodi |
Ta’lim yo‘nalishi va darajasi |
O‘qish muddati va ta’lim tili |
5A110501 |
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya) daraja: magistr |
O‘qish muddati: 2 yil Ta’lim tili: o‘zbek |
Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi:
T/r |
Familiyasi, ismi, sharifi |
Ilmiy darajasi |
Lavozimi |
1. |
Rajabov Furqat Turakulovich |
geografiya fani bo‘yicha PhD |
kafedra mudiri |
2. |
Maxamadaliyev Ravshan Yo‘ldoshevich |
geografiya fanlari nomzodi |
dotsent |
3. |
Tojiyeva Zulxumor Nazarovna |
geografiya fanlari doktori |
professor |
4. |
Nizomov Asror |
geografiya fanlari nomzodi |
dotsent |
5. |
Amanbayeva Ziyoda Abduboisovna |
geografiya fanlari nomzodi |
dotsent |
6. |
Yakubjonova Shoxsanam Toshkanboyevna |
geografiya fani bo‘yicha PhD |
dotsent |
7. |
Do‘smanov Farxod Azamqulovich |
katta o‘qituvchi |
katta o‘qituvchi |
8. |
Qorayev Samariddin Barakayevich |
katta o‘qituvchi |
katta o‘qituvchi |
9. |
Boltayev Maxmud Jaloliddinovich |
katta o‘qituvchi |
katta o‘qituvchi |
10. |
Djurayeva Lobar Voxitovna |
o‘qituvchi |
o‘qituvchi |
11. |
Ismatov Jaxongir Atavullayevich |
o‘qituvchi |
o‘qituvchi |
12. |
Abdimuratov Oybek Uralovich |
o‘qituvchi |
o‘qituvchi |
13. |
Shernayev Akbar O‘rolovich |
o‘qituvchi |
o‘qituvchi |
14. |
Djumabayeva Salomat Kamiljonovna |
o‘qituvchi |
o‘qituvchi |
15. |
Shomurodova Shaxnoza G‘ayratovna |
o‘qituvchi |
o‘qituvchi |
16. |
Maxmudov Muhammadismoil Muxitdinovich |
o‘qituvchi |
o‘qituvchi |