
Tursunov Ikromjon G’ulomjonovich
Asosiy ma'lumotlar:
Fizika kafedrasi Chirchiq davlat pedagogika instituti Kengashining 2019 yil 30- avgustda qabul qilgan 1-sonli Qaroriga muvofiq, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti "Aniq fanlar" kafedrasi tarkibidan alohida Fizika kafedrasi boʻlib ajralib chiqdi va faoliyat koʻrsata boshladi. Kafedra professor-oʻqituvchilari tegishli fanlardan dars berish bilan bir qatorda turli mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib borishmoqda.
Fizika kafedrasi aniq fanlar fakulteti tarkibiga kiradi va quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlaydi:
- Bakalavr - “5110200 - Fizika oʻqitish metodikasi”
- Magistratura- “5А110201 – Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (Fizika)”
Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar jamoasi toʻplangan.
Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi oʻqituvchilar:
- Muhamedov G’ofurjon Isroilovich - kimyo fanlar doktori, professor. Kompozitsion materiallar kimyosi sohasida yetakchi mutaxassis.
- Tursunov Ikromjon G’ulomjonovich - fizika-matematika fanlari doktori, Yarimo’tkazgichlar fizikasi sohasida yetakchi mutaxassis.
- Usmanov Shukrulla Negmatovich - fizika-matematika fanlari doktori. Yarimo’tkazgichlar fizikasi sohasida yetakchi mutaxassis.
- Eshchanov Bahodir Xudoyberganovich – fizika-matematika fanlari doktori. Optika sohasida yetakchi mutaxassis.
- Rustamov Umid Raxmatovich – fizika-matematika fanlari nomzodi. Magnitooptika sohasida mutaxassis.
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtish uchun kafedraning asosiy oʻqituvchilaridan tashqari, faoliyatlari taʻlim dasturlari yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlgan OʻzR FA ilmiy tadqiqot institutlari mutaxassislari va yetakchi oliy ta`lim muassalari professor-oʻqituvchilari jalb qilingan.
Kafedrada ikkita laboratoriya xonalari mavjud boʻlib, ularda talabalar darsga oid laboratoriya ishlarini bajaradilar, xonalar kerakli jixozlar va laboratoriya qurilmalari bilan jixozlangan. Kafedraning yosh tadqiqotchi izlanuvchilari laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Oʻquv jarayonini takomillashtirish uchun kafedraning professor-oʻqituvchilari darslarda zamonaviy oʻqitish usullaridan, multimediya vositalaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadilar.
Ishlab chiqarish amaliyotlarini talabalar OʻzR FA Fizika-Texnika institutida, Astronomiya institutida va Toshkent viloyatining umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida olib borishadi.
Kafedra Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-Texnika instituti, Astronomiya instituti, Ion-Plazma instituti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va boshqa tashkilotlar bilan xamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.
Xalqaro xamkorlik aloqalari: Bugungi kunda kafedra jamoasi xorijiy mamlakatlarning universitet va institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib borishni yоʻlga qоʻymoqda. Jumladan, A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti, Ukrainaning Kiyev milliy universiteti kabi dunyoning yetakchi oliy taʻlim muassasalari olimlari bilan оʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarda hamkorlik qilish yоʻlga qоʻyilgan.
Kafedra oʻqituvchilari muntazam ravishda mamlakatning ixtisoslashgan universitetlarida malaka oshiradilar, mintaqalararo va xalqaro seminar va konferentsiyalarda qatnashadilar.
Fizika fani boʻyicha sifatli va fundamental bilimlarni egallashni istagan yoshlarni oʻqishga taklif qilamiz.
Taʻlim yoʻnalishlari va oʻqitish darajalari roʻyxati
Bakalavr
Yoʻnalish kodi |
Taʻlim yoʻnalishi va darajasi |
Oʻqish muddati va ta`lim tili |
5110200 |
Fizika oʻqitish metodikasi |
Oʻqish muddati:4 yil; Oʻqitish tili: oʻzbek, rus |
5110200 |
Fizika oʻqitish metodikasi(kechki) |
Oʻqish muddati:4,5 yil; Oʻqitish tili: oʻzbek |
Magistratura
Yoʻnalish kodi |
Yoʻnalishi va darajasi |
Oʻqish muddati va ta`lim tili |
5А110201 |
Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (Fizika)
|
Oʻqish muddati:2 yil; Oʻqitish tili: oʻzbek |
Tayanch doktorantura
Yoʻnalish kodi |
Yoʻnalishi va darajasi |
Oʻqish muddati va ta`lim tili |
01.03.01 |
Astronomiya daraja: Fizika fani boʻyicha falsafa doktori |
Oʻqish muddati:3 yil; Oʻqitish tili: oʻzbek, rus |
Kafedradagi professor oʻqituvchilar tarkibi:
T/r |
Familiya, ismi, sharifi |
Ilmiy darajasi |
Lavozimi |
1. |
Tursunov Ikromjon G’ulomjonovich |
Fizika-matematika fanlari doktori |
kafedra mudiri professor |
2. |
Rustamov Umid Raxmatovich |
Fizika-matematika fanlari nomzodi |
dotsent |
3. |
Suyarov Qusharboy Tashbayevich |
katta oʻqituvchi |
katta oʻqituvchi |
4. |
Qutlimurotov Sardor Sharipboyevich |
katta oʻqituvchi |
katta oʻqituvchi |
5. |
Xudayberdiyeva Dilafruz Boyqulovna |
oʻqituvchi |
oʻqituvchi |
6. |
Eshmatov Abror Mamayusupovich |
oʻqituvchi |
oʻqituvchi |
7. |
Aminbayev Bobourjon Murotjon o’gli |
oʻqituvchi |
oʻqituvchi |
8. |
Begzatova Shahnoza Paxriddinovna |
oʻqituvchi |
oʻqituvchi |
9. |
Abdusaminovna Gulxayo Karimovna |
oʻqituvchi |
oʻqituvchi |
10. |
Rahmatullayeva Husnida Alisher qizi |
oʻqituvchi |
oʻqituvchi |