“Fakultetlararo jismoniy tarbiya” kafedrasi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektorining 01-660- sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan 2019-yil 27-avgustda Chirchiq davlat pedagogika instituti ilmiy kengashining 1-son qarori bilan A.R.Abdulaxatov kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan.
Kafedra professor-oʻqituvchilari tegishli fanlardan dars berish bilan bir qatorda turli mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib borishmoqda. Fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti tarkibiga kiradi va quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlaydi:
Fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasida oʻtiladigan fanlar:
“Jismoniy tarbiya va sport”
“Valeologiya asoslari”
“Yengil atletika”
“Sport maxoratini oshirish”
“Suzish”
“Sport inshootlari”
“Turizm”
Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar jamoasi toʻplangan.
Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan еtakchi oʻqituvchilar:
- Abdulaxatov Akram Ro’zmamatovich - kafedra mudiri,b., dotsent, Kurash turlari o’qitish metodikasi fanidan yеtakchi mutaxassis. Kurash va Dzyudo bo’yicha sport ustasi.
- Mamatqulov Ravshanjon Solijonovich - o‘qituvchi, basketbol bo‘yicha yеtakchi mutaxasis.
- Jumayev Abduhakim Turdiyevich - o‘qituvchi, voleybol bo‘yicha еtakchi mutaxassis, sport ustasi.
- Yusupboyeva Amangul Saparbayevna - o‘qituvchi, valeologiya asoslari fani bo‘yicha еtakchi mutaxasis.
- Umaraliyeva Dilfuza Umarali qizi - o‘qituvchi, yengil atletika bo‘yicha yеtakchi mutaxassis va I toifali ustoz murabbiy.
- Xudoyberganov Javlonbek Saotbayevich - o‘qituvchi, kurash bo‘yicha yеtakchi mutaxassis.
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtish uchun kafedraning asosiy oʻqituvchilaridan tashqari, faoliyatlari jismoniy madaniyat va sport yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlgan JDPI yеtakchi mutaxassisi p.f.n. dotsent F.Q.Axmedov o’rindoshlik asosida mexnat faoliyatini yuritish rejaga kiritilgan.
Kafedrada beshta sport zallari, mavjud boʻlib, uchta stadion mavjud boʻlib, zallar kerakli jixozlar ( turnik, burusiya, to’p ( futbo’l, voleybo’l, basketbo’l, qo’l to’pi ), gimnastik narvon ) bilan jixozlangan. Kafedraning professor o‘qituvchilari tomonidan talabalarni shahar va respublika musobaqalarida fa’ol ishtirok etishlari uchun darsdan tashqari tashkil qilingan sport to‘garaklarda talabalarning sport mahoratlarini oshirib borishmoqda.
Kafedraning tadqiqotchi izlanuvchilari jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Oʻquv jarayonini takomillashtirish uchun
Kafedraning professor-oʻqituvchilari darslarda zamonaviy oʻqitish usullaridan, multimediya vositalaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadilar.
Kafedra Toshkent davlat Pedagogika universiteti, O’zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti, “Toshkent viloyati Chirchiq shahri 24-umumta’lim maktabi” va boshqa tashkilotlar bilan xamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.

Xalqaro xamkorlik aloqalari:
Xalqaro xamkorlik aloqalari: Bugungi kunda kafedra jamoasi xorijiy mamlakatlarning universitet va institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib borishni yоʻlga qоʻymoqda. Jumladan, Tayland Milliy Sport Universiteti kabi dinyoning yetakchi oliy taʻlim muassasalari olimlari bilan оʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarda hamkorlik qilish yоʻlga qоʻyilgan.
Kafedra oʻqituvchilari muntazam ravishda mamlakatning ixtisoslashgan universitetlarida malaka oshiradilar, mintaqalararo va xalqaro seminar va konferentsiyalarda qatnashadilar.
Kafedradagi professor oʻqituvchilar tarkibi:
T/r
|
Familiya, ismi, sharifi
|
Ilmiy darajasi
|
Lavozimi
|
1.
|
Abdulaxatov Akram Ro’zmamatovich
|
dotsent v.b
|
kafedra mudiri
|
2.
|
Mamatqulov Ravshan Solijonovich
|
oʻqituvchi
|
oʻqituvchi
|
3.
|
Jumayev Abdilhakim Turdiyevich
|
oʻqituvchi
|
oʻqituvchi
|
4.
|
Yusupbayeva Amangul Saparbayevna
|
oʻqituvchi
|
oʻqituvchi
|
5.
|
Umaraliyeva Dilfuza Umarali qizi
|
oʻqituvchi
|
oʻqituvchi
|
6.
|
Xudayberganov Javlon Soatboy o’g’li
|
oʻqituvchi
|
oʻqituvchi
|