Boshlang’ich ta’lim kafedrasi Chirchiq davlat pedagogika instituti Kengashining 2019 yil 27 avgustda qabul qilgan 1-sonli Qaroriga muvofiq, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti "Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim" kafedrasi tarkibidan alohida "Boshlang’ich ta’lim" kafedrasi boʻlib ajralib chiqdi va faoliyat koʻrsata boshladi. Kafedra professor-oʻqituvchilari tegishli fanlardan dars berish bilan bir qatorda turli mavzularda
ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib borishmoqda.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti tarkibiga kiradi va quyidagi yoʻnalish boʻyicha kadrlar tayyorlaydi:
Bakalavr - “5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish”
Boshlang’ich ta’lim kafedrasida oʻtiladigan fanlar
Ta’lim-tarbiyaning dolzarb muammolari
Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya
Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalari
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar
Pedagogik mahorat
Boshlang’ich sinflarda ona tili va matematikadan sinfdan tashqari ishlar
Bugungi kunda kafedrada turli ilmiy yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar jamoasi toʻplangan.
Kafedra tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi oʻqituvchilar:
Маrdonov Shukurullo Qo’ldoshevich – pedagogika fanlar doktori, professor.
Karimjonov Alijon Karimjonovich – pedagogika fanlari nomzodi.
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtish uchun kafedraning asosiy oʻqituvchilaridan tashqari, faoliyatlari taʻlim dasturlari yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari va yetakchi oliy ta`lim muassalari professor-oʻqituvchilari jalb qilingan.
Oʻquv jarayonini takomillashtirish uchun kafedraning professor-oʻqituvchilari darslarda zamonaviy oʻqitish usullaridan, multimediya vositalaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadilar.
Malakaviy amaliyotlarini talabalar Toshkent viloyatining umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida olib borishadi.
Kafedra Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, Chirchiq shahar Xalq ta’limi bo’limi, umuiy o’rta ta’lim maktablari boshqa tashkilotlar bilan xamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.
Taʻlim yoʻnalishlari va oʻqitish darajalari roʻyxati
Bakalavr
Yoʻnalish kodi
Taʻlim yoʻnalishi va darajasi
Oʻqish muddati va ta`lim tili
5111700
Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish daraja: bakalavr