+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

TABIIY FANLAR FAKULTETI

Fakultet dekani: Raximov Atanazar Karimovich
Raximov Atanazar Karimovich

Raximov Atanazar Karimovich

Fakultet dekani:


Asosiy ma'lumotlar:

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti qoshidagi Tabiiy fanlar fakulteti  2019 yil 3 senyabr kuni Aniq va tabiiy fanlar fakultetidan ajralib chiqib, mustaqil fakultetga aylangan. Fakultetning o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonida 3 ta mutaxassis chiqaruvchi kafedra faol ishtirok etadi:

  • kimyo;
  • biologiya;
  • geografiya;

Tabiiy fanlar fakulteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 532 ta kunduzgi , 54 ta kechki , 85 ta sirtqi va 15 ta ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha sirtqi ta’lim talabalari zamonaviy jihozlangan auditoriyalar va laboratoriya xonalarida  tahsil olishadi. Fakultet o‘quv binosi 900 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari va geografiya fanidan smart xona mavjud.   2019-2020 o‘quv yilida 3 ta mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga 22 ta magistr qabul qilindi.  

Fakultetda bir qancha xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro grantlar, ilmiy stajirovka va o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha Yevropa va Osiyo mamlakatlari oliy o‘quv yurtlari bilan kelishuvga erishilgan. Jumladan:

  • Moskva davlat universiteti (Rossiya)
  • Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti
  • Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti
  • O‘sh dalat universiteti (Qirg‘iziston)
  • S.Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti
  • Gumbold universiteti (Germaniya)

Fakultet jamoasi O‘zbekiston Respublikasi ilmiy tadqiqot institutlari, respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda Toshkent viloyati umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib borishadi. Bularga:

  • O‘zbekiston Respublikasi FA Umumiy va Noorganik kimyo instituti;
  • O‘zbekiston Respublikasi FA O‘simliklar kimyosi instituti;
  • O‘zbekiston Respublikasi FA Bioorganik kimyo instituti;
  • O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Chirchiq shaxridagi  “MAXAM-ChIRChIQ” AJ;
  • Toshkent shahar “Botanika bog‘i” va boshqalar.

Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ilmiy grantlar, turli xil tanlovlar, fan olimpiadalari, ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashgan. 

Fakultetda faoliyat yuritib kelayotgan pedagogika fanlari doktori, professor A.K.Raximov “Respublikamizda biologiya va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish”,    biologiya fanlari nomzodi, dotsent V.B.Fayziev “O‘zbekiston iqlim sharoitida tarqalgan fitoratogen viruslarni ajratish, xususiyatlarini o‘rganish va diagnostika qilish hamda qarshi kurash choralarini ishlab chiqish”, biologiya fanlari doktori, dotsent B.Amanov “G‘o‘zaning turli stress omillarga chidamli, serhosil liniya va navlarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish”, kimyo fanlari doktori, dotsent D.J.Bekchanov “Mahalliy xom-ashyolar asosida ionitlar sintezi va ularning fizik kimyoviy xossalarini o‘rganish”, biologiya fanlari doktori, professor R.A.Eshchanov “Biologik faol moddalar saqlagan o‘simliklarning qurg‘oqchilikka va kasallikka chidamli navlarini olish”, geografiya fanlari nomzodi, dotsent R.Y.Maxamadaliev “Qishloq joylarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish muammolari”, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori F.T.Rajabov “O‘zbekistonda chorvachilik tarmoqlarini hududiy tashkil etishni takomillashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha va boshqa professor-o‘qituvchilar kafedralar ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Fakultetda 68 nafar professor-o‘qituvchilar, shu jumladan, 9 nafar fan doktori professorlar, 22 nafar fan nomzodlari va dotsentlar o‘quv jarayoniga jalb etilgan.

Fakultetning professor-o‘qituvchilari tomonidan 40 dan ortiq o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar, 8 dan ortiq laboratoriya ishlari yaratilib, o‘quv jarayonida foydalanilayapti.

Fakultetning professor-o‘qituvchilari ilmiy faoliyati mahsuli natijasida 8 ta patent, 2 ta mualliflik guvoxnomasi va 400 mln so‘mlik 1 ta amaliy grant qo‘lga kiritishdi.





 

Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan:


Oliy ta’lim – bakalavriat

Shifri 

Yo‘nalishlar

Daraja 

5110300

Kimyo o‘qitish metodikasi
Darajasi: bakalavr

Kimyo o‘qituvchisi 
kunduzgi o‘qish 4 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek va rus

5110400

Biologiya o‘qitish metodikasi

Darajasi: bakalavr

Biologiya  o‘qituvchisi 
kunduzgi o‘qish 4 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek va rus

5110500

Geografiya o‘qitish metodikasi

Darajasi: bakalavr

Geografiya  o‘qituvchisi 
kunduzgi o‘qish 4 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek

5110300

Kimyo o‘qitish metodikasi
Darajasi: bakalavr

Kimyo o‘qituvchisi 
kechki o‘qish 4,5 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek

5110500

Geografiya o‘qitish metodikasi

Darajasi: bakalavr

Geografiya  o‘qituvchisi 
kechki o‘qish 4,5 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek

5110400

Biologiya o‘qitish metodikasi

Darajasi: bakalavr

Biologiya  o‘qituvchisi 
sirtqi o‘qish 5 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek



Ikkinchi oliy ta’lim

5110300

Kimyo o‘qitish metodikasi
Darajasi: bakalavr

Kimyo o‘qituvchisi 
sirtqi o‘qish 3 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek

5110400

Biologiya o‘qitish metodikasi

Darajasi: bakalavr

Biologiya  o‘qituvchisi 
sirtqi o‘qish 3 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek

5110500

Geografiya o‘qitish metodikasi

Darajasi: bakalavr

Geografiya  o‘qituvchisi 
sirtqi o‘qish 3 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek

 

                          Magistratura                Akademik daraja

5A110301

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo)
Darajasi: magistr

Kimyo o‘qituvchisi 
kunduzgi o‘qish 2 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek

5A110401

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Biologiya)

Darajasi: magistr

Biologiya  o‘qituvchisi 
kunduzgi o‘qish 2 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek

5A110501

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya)

Darajasi: magistr

Geografiya  o‘qituvchisi 
kunduzgi o‘qish 2 yil;
o‘qitish tili: o‘zbek

 

Qo'shimcha

TABIIY FANLAR FAKULTETIga tegishli boshqa ma'lumotlar