
Маrdonov Shukurullo Qo’ldoshevich
Asosiy ma'lumotlar:
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiMaktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti 2019 yil 3-sentyabrda Pedagogika fakulteti tarkibidan ajralib chiqib, o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonda mustaqil faoliyat yuritmoqda. Fakultet binosi 1060 o'ringa mo’ljallangan bo'lib, unda 578 nafar kunduzgi, 1570 nafar maxsus sirtqi, 1080 nafar sirtqi, 72 nafar ikkinchi oliy ta’lim talabalarning sifatli bilim olishi va ilmiy ish bilan shug’ullanishlari uchun keng imkoniyatlarga ega bo’lgan o’quv auditoriyalari mavjud. Hozirgi kunda fakultetda 2 ta kafedra mavjud bo’lib, ularda quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavr kadrlar tayyorlanmoqda.
5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish;
5111800 – Maktabgacha ta’lim;
Fakultetda faoliyat yuritib kelayotgan professor-o’qituvchilardan Tilyakova Mavjuda Ashurovna “VII-IX sinf o’quvchilari kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari”, Jabborova Onaxon Mannаpovna “Bo’lajak o’qituvchilar badiiy idrokini shakllantirish”, Abdullayev Abduqayum Abdulxayevich “Xalq o’yinlari vositasida o’quvchilarda sog’lom turmush tarsini ko’nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” va boshqa professor-o’qituvchilar kafedralar ustuvor yo’nalislaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Fakultetda 34 nafar professor-oʻqituvchilar shu jumladan, 1 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodlari va dotsentlar oʻquv jarayoniga jalb etilgan.
Fakultetning professor-oʻqituvchilari tomonidan 40 dan ortiq oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar, 1 ta maktabgacha ta’lim muassasi bilan va 2 ta maktab laboratoriyasi tashkil etilgan.
|
|
|
|
|
|
Fakultet professor-oʻqituvchilari ilmiy faoliyati natijasida 2 patent, 2 ta mualliflik guvohnomasi qo’lga kiritilgan.
Fakultet jamoasining Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va yana respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, Toshkent viloyati umumiy o’rta taʼlim maktablari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari bilan о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarda hamkorlik aloqalari yaxshi yо‘lga qо‘yilgan.
Oliy ta’lim (bakalavriat) |
||
Shifri |
Yo’nalish nomi |
Daraja |
5111700 |
Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
|
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Kunduzgi o’qish 4-yil O’qitish tili:o’zbek va rus |
5111800 |
Maktabgacha ta’lim |
Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi Kunduzgi o’qish 4-yil O’qitish tili:o’zbek va rus |
Oliy ta’lim (maxsus sirtqi) |
||
Shifri |
Yo’nalish nomi |
Daraja |
5111700 |
Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
|
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Maxsus sirtqi o’qish 3-yil O’qitish tili:o’zbek va rus |
5111800 |
Maktabgacha ta’lim |
Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi Maxsus sirtqi o’qish 3-yil O’qitish tili:o’zbek va rus |
Oliy ta’lim (sirtqi) |
||
Shifri |
Yo’nalish nomi |
Daraja |
5111700 |
Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
|
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sirtqi o’qish 5-yil O’qitish tili:o’zbek, rus, tojik va qozoq |
5111800 |
Maktabgacha ta’lim |
Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi Sirtqi o’qish 5-yil O’qitish tili:o’zbek, rus, tojik va qozoq |
Oliy ta’lim (ikkinchi oliy ta’lim) |
||
Shifri |
Yo’nalish nomi |
Daraja |
5111700 |
Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
|
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sirtqi o’qish 3-yil O’qitish tili: o’zbek va rus |
5111800 |
Maktabgacha ta’lim |
Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi Sirtqi o’qish 3-yil O’qitish tili: o’zbek va rus |
Qo'shimcha
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETIga tegishli boshqa ma'lumotlar
-
Lavozimi Dekan o’rinbosari -
Lavozimi Dekan o’rinbosari
