
Ikramov Ravshan Aktamovich
Asosiy ma'lumotlar:
Institut kengashining 2020 yil 31 oktyabrdagi 4-sonli majlis qarori bilan “Tarix va tillar” fakulteti “Gumanitar fanlar” fakulteti bo‘lib o‘zgartirildi.
Tarix va tillar fakulteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida kunduzgi ta’lim asosida 1114 nafar, sirtqi ta’lim yo‘nalishi asosida 392 nafar va ikkinchi oliy ta’lim yo‘nalishi asosida 108 nafar talabalar zamonaviy jihozlangan auditoriyalar va laboratoriya xonalarida tahsil olishadi. 2019-2020 o‘quv yilida 2 ta mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga 17 ta magistrant qabul qilindi. Fakultetda talabalarning puxta bilim egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Do`stlik ma`rifat maskani faoliyatidan lavhalar
Do`stlik ma`rifat maskani faoliyatidan lavhalar
Fakultet “Maktab labaratoriyasi” tashkil etilgan bo`lib, mazkur labaratoriya uchun alohida Smart xona tashkil etilgan
Fakultet maktab labaratoriyasi 15-sonli maktab o`quvchilari uchun faoliyat olib bormoqda
Fakultet maktab labaratoriyasi dars jarayonidan lavhalar
Fakultetda bir qancha xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro grantlar, ilmiy stajirovka va o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha Yevropa va Osiyo mamlakatlari oliy o‘quv yurtlari bilan kelishuvga erishilgan. Jumladan:
- Sulton Idris universiteti (Malayziya);
- Xaydelberg pedagogika universiteti (Germaniya);
- Vayoming universiteti (AQSH);
- Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti
- S.Pushkin nomidagi Moskva davlat rus tili va adabiyoti instituti
Fakultet jamoasi O‘zbekiston Respublikasi ilmiy tadqiqot institutlari, respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda Toshkent viloyati umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib borishadi. Bularga:
- O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti;
- O‘zbekiston Respublikasi FA O‘zbek tili, adabiyyot va folklor instituti;
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
- Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti instituti;
- Alisher Navoiy nomidagi adabiyot davlat muzeyi;
- Toshkent viloyati “Yoshlar ittifoqi” kengashi;
- Chirchiq Oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
- Chirchiq shahar ichki ishlar bo‘limi;
- Chirchiq shahar adliya bo‘limi;
- Chirchiq shahar sudi;
- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi;
- Toshkent shahari va viloyatidagi muqaddas qadamjolar.
Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ilmiy grantlar, turli xil tanlovlar, fan olimpiadalari, ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashgan.
Fakultet talabasi R.G`ayratova Alisher Navoiy nomidagi davlat stipentiyasi sohibasiga aylandi.
Fakultetda faoliyat yuritib kelayotgan tarix fanlari nomzodi, dotsent v.v.b. J.N.Abduraxmonova “Respublikamizda kam sonli millat vakillari diasporasi”, tarix fanlari nomzodi, dotsent Ya.X.G‘afforov “O‘zbekistonda tarix fanlarini o‘qitishni modullashtirish va texnologiyalar”, doktorant Sh.B.Jumaeva “O`zbekistonda ziyorat turizmi”, tarix fanlari nomzodi, dotsent O.N.Nosirov “O‘zbekistonda aksionerlik jamiyatlari tarixi”, filologiya fanlari doktori, professor S.Matjon “Bolalar adabiyoti”, filologiya fanlari doktori, professori R.Rasulov “Umumiy tilshunoslik asoslari”, filologiya fanlari nomzodi dotsent, U.Xo‘jamqulov “Ta’limda zamonaviy klasterdan foydalanish” yo‘nalishlari bo‘yicha va boshqa professor-o‘qituvchilar kafedralar ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Fakultetda 87 nafar professor-o‘qituvchilar, shu jumladan, 6 nafar fan doktori professorlar, 25 nafar fan nomzodi, dotsent va 8 nafar katta o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb etilgan.
Fakultetning professor-o‘qituvchilari tomonidan 70 dan ortiq o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar, o‘quv jarayonida foydalanilayapti.
Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan:
Oliy ta’lim – bakalavriat |
||
Shifri |
Yo‘nalishlar |
Daraja |
5110600 |
Tarix o‘qitish metodikasi
|
· Tarix o‘qituvchisi
|
5111200 |
O‘zbek tili va adabiyoti Darajasi: bakalavr |
· O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi
|
5111300 |
Ona tili va adabiyoti (rus tili rus guruhlarida) Darajasi: bakalavr |
· Rus tili o‘qituvchisi
|
5111300 |
Ona tili va adabiyoti (rus tili o‘zga tilli guruhlarda) Darajasi: bakalavr |
· Rus tili o‘qituvchisi
|
5111400 |
Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)
|
· Ingliz tili o‘qituvchisi
|
5111401 |
Xorijiy til va adabiyot (nemis tili)
|
· Nemis tili o‘qituvchisi
|
5111600 |
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi Darajasi: bakalavr |
· Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qituvchisi
|
5110600 |
Tarix o‘qitish metodikasi
|
· Tarix o‘qituvchisi
|
|
|
· |
5111200 |
O‘zbek tili va adabiyoti Darajasi: bakalavr |
· O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi
|
5111600 |
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi Darajasi: bakalavr |
· Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qituvchisi
|
· Ikkinchi oliy ta’lim |
||
5110600 |
Tarix o‘qitish metodikasi
|
· Tarix o‘qituvchisi
|
5111600 |
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi Darajasi: bakalavr |
· Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
|
5111200 |
O‘zbek tili va adabiyoti Darajasi: bakalavr |
· O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi
|
Magistratura Akademik daraja
5A111401 |
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
|
· Ingliz tili o‘qituvchisi
|
5A111301 |
Ona tili va adabiyoti (rus tili) Darajasi: magistr |
· Rus tili o‘qituvchisi
|
Qo'shimcha
GUMANITAR FANLAR FAKULTETIga tegishli boshqa ma'lumotlar
-
Lavozimi O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini -
Lavozimi O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini -
Lavozimi Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini -
Lavozimi Ilmiy ishlar bo'yicha dekan muovini
