1993 yilda О‘zbekiston Milliy universiteti (avvalgi Toshkent davlat universiteti)ni filosofiya о‘qituvchisi mutaxassisligi bо‘yicha tamomlab, ilmiy pedagogik faoliyatini universitetning Etika va estetika kaferasida boshlagan. Falsafa fanlari nomzodi, dotsent. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 42 nafar bakalavrning malakaviy bitiruv ishiga, 23 nafar magistrantning dissertatsiyasiga va 1 nafar fan nomzodligi dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan. 48 ta ilmiy maqola, 1 ta risola, 3 ta uslubiy qо‘llanma, 1 ta elektron о‘quv qо‘llanma, 2 ta о‘quv qо‘llanma, 2 ta darslik muallifi. Bakalavr ta’lim yо‘nalishlarida “Etika”, “Estetika”, “Axloq falsafasi”, “Nafosat falsafasi”, “Notiqlik san’ati” fanlaridan, magistratura mutaxassisligida “Etika va estetika asoslari”, “Boshqaruv etikasi”, “Etika va estetikaning nazariy asoslari” hamda jamoat tashkilotlarida “Notiqlik san’ati”, “Boshqaruvda rahbar notiqligi”, “Boshqaruv etikasi va rahbar madaniyati” kursidan ma’ruzalar о‘qiydi. 2011 yilda “ITD – 4 – 159-Shaxs ma’naviy axloqiy (estetik) kamolotini rivojlantirish” va “ITD – 4 – 160-Ta’lim tizimida falsafa fanini о‘qitishning takomillashtirilgan о‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish” mavzuidagi loyiha ishtirokchisi hamda 2016-2018 yillarga mо‘ljallangan “OT-A1-98 «Jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida estetik tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari» amaliy loyihasi rahbari bо‘lgan. U О‘zbekiston Milliy universitetida kafedra mudiri, fakultet dekani, Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.
Bu funksiya hali to'liq ishga tushurilmagan!