Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - mexanik, matematik amaliyotchi. Mexanik sistemalar harakati ustuvorligini tadqiq etish, noustuvor harakatlarni stabillashtirish va boshqarish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Shu kunga qadar 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 20 dan ortiq bakalavr va 10 nafardan ortiq magistrlar tayyorlagan.
OT-F4-33. “Differensial tenglamalar bilan tavsiflanuvchi ziddiyatli holatlarni boshqarishning yangi usullarini yaratish va ularni sonli amalga oshirish” hamda OT-Atex-2018-340. «Ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini nazariy va sonli tadqiq etish» ilmiy loyihalar a’zosi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 2015-2016 yillarda “Davlat boshqaruvi” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tgan.
Gresiya va Fransiya davlatlarida malaka oshirgan.
Bu funksiya hali to'liq ishga tushurilmagan!