Chop etdi: Administrator
Vazirlik buyruqlari va kollegiya qarorlari

11.05.2020
Vazirlar Mahkamasining 08.05.2020 yildagi “Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi 272-son qarori qabul qilindi.
"British management university" MChJ va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi poytaxtda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi o‘quv yurtini tashkil etish tashabbusi bilan chiqishdi.
Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
London universiteti, Reding universiteti (Buyuk Britaniya) hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini joriy etish, ularning malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb qilish;
o‘quv reja va dasturlarni zamonaviy fanlar asosida takomillashtirib borish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ularning stajirovkasini tashkil etish yo‘li bilan o‘qituvchilar malakasini oshirish;
ta’lim va ilm-fan sohasida uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Universitetda o‘qish 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi va O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Har yili tanlov asosida 20 nafardan kam bo‘lmagan abiturientlar grant asosida o‘qishga qabul qilishadi.
Universitetda dastlabki bosqichda "Loyihalarni boshqarish", "Logistika va yetkazib berish zanjirlariii boshqarish", "Tadbirkorlik va innovatsiyalar", "Xalqaro elektron tijorat" hamda "Raqamli iqtisodiyot" bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi.
Britaniya menejment universiteti bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.
Podrobnee: https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/toshkentda_britaniya_menejment_universiteti_ochiladi